×

Deakin Universiteti: Bakalavriat, magistratura va PhD talabalari uchun stipendiyalar!


Grant

MUHLAT

08.01.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1543 marta

Avstraliyaning Deakin universiteti xalqaro va mahalliy yoshlar uchun kontrakt pulidan ozod qiluvchi va kontrakt pulining ma’lum qismini qoplab beruvchi bir qancha dasturlar taqdim etadi. Ushbu dasturlardan maqsad – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va Phd bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Deakin universiteti talabalarga bir qancha stipendiyali dasturlarni taklif etadi.

1-dastur: Deakin Vice-Chancellor’s International Scholarship. Ushbu dastur xalqaro talabalarga:
– kontrakt to’lovini 100 foiz miqdorida yoki;
50 foiz miqdorida qoplab berishni hamda o’qish materaillari uchun ketadigan xarajatlarni to’lab berishni nazarda tutadi. Dasturga bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar topshirishi mumkin.
Ushbu dasturga hujjat topshirish muhlati aniq bir sana bilan belgilab qo’yilmagan.

Ushbu dastur bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

2-dastur: Vice-Chancellor’s Academic Excellence Scholarship. Ushbu dastur bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, bunda kontrakt puli 100 foiz qoplab beriladi hamda yiliga 5000 Avstraliya dollari miqdoridagi stipendiyani taqdim etadi. Bu dasturga yiliga 26 ta talaba qabul qilinadi. Bu dasturga hujjat topshirish muhlati 2018-yilning 8-yanvarigacha.

Ushbu dastur bilan batafsil SHU YERDA tanishing.

Talablar:

  • Nomzodlar o’zlari tanlagan yo’nalishga qabul qilish talablariga to’la mos kelishi kerak. Bu talablar bilan universitet rasmiy veb-saytiga kirib, kerakli yo’nalishni tanlash orqali tanishish mumkin.
  • Nomzod Deakin universitetidagi yo’nalishlardan biriga qabul qilinishi lozim.
  • Nomzod 2018-ylda o’qishni boshlashi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini talab darajasida bilishi kerak (IELTS yoki TOEFL). Ushbu talab yo’nalishlar va bosqichlarga qarab farq qiladi. Ballarga qo’yilgan talablar bilan universitet rasmiy veb-saytiga kirib, kerakli yo’nalishni tanlash orqali tanishish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Xorijiy talabalar hujjatlarni onlayn tarzda topshiradilar.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

Deakin University

Rasmiy bog'lanish ma'lumotlari:

enquire@deakin.edu.au

Turli savollar yuzasidan enquire@deakin.edu.au email manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!