Avstraliyada joylashgan Deakin University oliygohi o‘zining 2019-2020 o‘quv yilida Faculty of Arts and Education fakulteti, School of Humanities and Social Sciences maktabiga o‘qishga qabul qilingan/qilinadigan tadqiqotchilariga HDR Scholarship grant dasturini taklif etadi. Grantlar Professor Fethi Mansouri boshchiligidagi Migrant Youth, Multiculturalism and Human Mobility mavzusida tadqiqot olib borish uchun ajratiladi. Tadqiqotlar oliygohning Melbourne Burwood Campus hududida olib boriladi. Dasturdan maqsad iqtidorli mahalliy va chet ellik tadqiqotchilarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash. Dastur doirasida 2 nafar tadqoqotchiga grant ajratish rejalashtirilgan.
Tadqiqot mavzusi va grant dasturi haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichi uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- Dastur g‘oliblariga 3 yil davomida yiliga 27,596 AUD (tahminan 19863 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
- Boshqa shtat yoki davlatdan ko‘chib keladigan talabalar uchun 500-1 500 AUD (tahminan 360-1080 AQSh dollari) miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.
- 4 yil davomidagi kontrakt to‘lovi va tibbiy sug‘urta to‘lab beriladi (faqat xorijlik tadqiqotchilar uchun).
Oliygohda ta’lim olish uchun sarflanadigan xarajatlar haqida bu yerda batafsil bilib oling.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
- Nomzod Deakin University Faculty of Arts and Education fakulteti, School of Humanities and Social Sciences maktabiga PhD tadqiqotchisi sifatida o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
- Nomzod PhD kursida kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
- Nomzod magistratura bosqichini a’lo baholar (80% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
- Nomzod oldin tadqiqotlar olib borgan, sotsiologiya, politologiya, xalqaro aloqalar, antropologiya yoki shunga yaqoin sohalarda o‘qigan bo‘lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturida qatnashish uchun nomzod avvalo o‘ziga ilmiy rahbar (supervisor) tanlashi hamda hujjat topshirmoqchi bo‘lgan kurs talablariga javob bera olishini aniqlashi zarur. Buning uchun Faculty of Arts and Education Expression of Interest form to‘ldirilib, artsed-research@deakin.edu.au manziliga email orqali yuboriladi. Shundan so‘ng nomzodga dasturga ariza topshira olish-olmasligi xabar qilinadi. Oliygohga rasmiy arizani nomzod onlayn ariza ko‘rinishida, barcha talab etilgan hujjatlar bilan birga 2019-yil 31-maygacha topshirishi zarur. Ammo nomzodlarga dasturga imkon qadar ertaroq ariza berish tavsiya etiladi. Saralash bosqichidan o‘tgan nomzodlardan suhbatda qatnashish so‘ralishi mumkin.
Hujjat topshirish jarayonida tug‘iladigan savollar bilan nomzodlar research-apps.pg@coventry.ac.uk manziliga email orqali murojaat qilishlari mumkin.
Talab etiladigan hujjatlar
- Onlayn ariza.
- Til sertifikati. IELTS 7.0 har bir bo‘limdan kamida 5 ball.
- 2 ta tavsiyanoma.
- CV/Rezyume.
- Magistrlik diplomi.
- Diplom ilovasi/baholar.
- Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
- Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak)
- Avtobiografiya.
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Grant haqidagi to‘liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.
Bogʻlanish uchun:
Dr. Magdalena Arias Cubas
Email: magdalena.ariascubas@deakin.edu.au
Tel: +61 3 9246 8842