×

Deakin University: PhD bosqichi uchun to’liq grant, yiliga 19 900 AQSH dollari stipendiya va bepul tibbiy sug’urta!


Grant

MUHLAT

01.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1569 marta

Avstraliyada joylashgan Deakin University oliygohi o’zining 2019-2020 o’quv yilida Faculty of Arts and Education fakulteti, Research for Educational Impact (REDI) bo’limiga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan tadqiqotchilarga HDR Scholarship – Teacher Accountability Policy grant dasturini taklif etadi. Grantlar Dr Jessica Holloway boshchiligidagi Teacher Accountability Policy mavzusida tadqiqot olib borish uchun ajratiladi. Dasturdan maqsad iqtidorli mahlliy va chet ellik tadqiqotchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Tadqiqot mavzusi va grant dasturi haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Dastur g’oliblariga 3 yil davomida yiliga 27,596 AUD (tahminan 19863 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  • Boshqa shtat yoki davlatdan ko’chib keladigan talabalar uchun 500-1 500 AUD (tahminan 360-1080 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ ajratiladi.
  • Xorijlik tadqiqotchilarning 4 yil davomidagi kontrakt to’lovi va tibbiy sug’urtasi to’lab beriladi.

Oliygohda ta’lim olish uchun sarflanadigan xarajatlar haqida bu yerda batafsil bilib oling.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. Nomzod Deakin University Faculty of Arts and Education fakulteti, Research for Educational Impact (REDI) bo’limiga PhD tadqiqotchisi sifatida o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod magistratura bosqichini a’lo baholar (80% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo’lishi kerak.
  4. Oldin tadqiqotlar olib borgan, education policy, policy sociology va/yoki political theory,yo’nalishlariga qiziqadigan nomzodlarga ustunlik berilishi mumkin.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun ariza shakli to’ldirilib, barcha talab qilingan hujjatlar bilan birga artsed-research@deakin.edu.au manziliga email orqali yuboriladi. Dasturga arizalar 2019-yil 1-maygacha qabul qilinadi. Ammo nomzodlarga dasturga imkon qadar ertaroq ariza berish tavsiya etiladi. Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlardan suhbatda qatnashish so’ralishi mumkin.

Universitetning PhD kursiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo o’ziga ilmiy rahbar (supervisor) tanlashi va u bilan bog’lanishi kerak. Shundan so’ng onlayn ariza to’ldirilib, barcha kerakli hujjatlar bilan birga taqdim etiladi.

Talab etiladigan hujjatlar

  1. Onlayn ariza.
  2. Til sertifikati. IELTS 7.0 har bir bo’limdan kamida 5 ball.
  3. 2 ta avsiyanoma.
  4. CV/Rezyume.
  5. Magistrlik diplomi.
  6. Diplom ilovasi/baholar.
  7. Oldingi ilmiy daraja haqidagi ma’lumot.
  8. Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak)
  9. Avtobiografiya.
  10. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Dr Jessica Holloway

Email: jessica.holloway@deakin.edu.au

Tel: +61 3 924 68799

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!