×

Australian National University – barcha bosqichlarda o’qish uchun 5 000 Avstraliya dollari grant


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

4257 marta

Avstraliyaning Kanberra shahrida joylashgan Australian National University (ANU) oliygohi Dean’s International Science Excellence Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant dasturi shu universitetning ANU College of Science va ANU College of Health & Medicine fakultetlariga o’qishga qabul qilingan/qilinadigan bakalavr, magistratura va PhD kurslari talabalari uchun mo’ljallagan. Grantlar o’qishga kontrakt asosida qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli chet ellik talabalarni moddiy jihatdan rag’batlantirish maqsadida beriladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqich talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dean’s International Science Excellence Scholarship dasturi bo’yicha grant yutib olgan talabaga 5 000 Avstraliya dollari miqdoridagi bir martalik mukofot ajratiladi.

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Avstraliya fuqarosi bo’lmasligi kerak
  2. ANU College of Science yoki ANU College of Health & Medicine fakultetining bakalavr, magistratura, PhD kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak (bakalavr, magistratura va PhD kurslariga talablar turlicha bo’lganligi sababli nomzod o’zi tanlagan bosqich uchun kerakli hujjatlar ro’yxatini oliygohning rasmiy saytidan olishi mumkin).
  3. Nomzod Australian National Universityga birinchi marta o’qishga kirgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  5. Nomzodning o’z mutahassisligi va unga yaqin fanlar (aniq va tabiiy fanlar) bo’yicha yuqori natijalarga erishgan bo’lishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2019-yil 30-aprelga qadar bu yerda qabul qilinadi. Grantga hujjat topshirishdan avval Australian National University’ning ANU Science degree program kurslaridan biriga hujjat topshirishni unutmang. Universitet kurslariga hujjat topshirish uchun bu yerdagi mavjud kurslar ro’yxati bilan tanishib chiqib, o’zingizni qiziqtirgan kurs sahifasiga kirib ariza berishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun student@anu.edu.au elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bog’lanish uchun:

Tel: +61 2 6125 5111

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!