×

Deloitte One Young World Scholarship 2024: Kanadadagi 4 kunlik sammit uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

21.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

5260 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2024-yildagi One Young World sammiti Kanadaning Monreal shahrida, 18-21-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

Deloitte tashkiloti mazkur sammitda qatnashish uchun 5 ta grant oʻrnini taklif qilmoqda. Bu grantlar iqlim oʻzgarishining sabab va oqibatlari qisqartirish, shuningdek, oʻz hamjamiyatida, davlatida yoki dunyo miqyosida taʼlim olish, koʻnikmalarni oʻzlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish hamda yaxshilash ustida ishlaydigan yetakchi yoshlarga moʻljallangan.

Sammit mashgʻuloatlari ingliz tilida olib boriladi. Shuningdek, sammitga onlayn tarzda qatnashish ham mumkin.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshli nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yuqoridagi grantlardan birini qoʻlga kiritgan 5 nafar nomzod quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • 2024-yil 18-21-sentabr kunlari Monrealda boʻlib oʻtadigan One Young World sammatida qatnashish imkoniyati.
  • 2024-yil 18-21-sentabr kunlari mehmonxonadan bepul shaxsiy xona taʼminlanadi.
  • Monrealga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi (ekonom klass aviachipta).
  • Bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan taʼminlandi.
  • Sammit oʻtkaziladigan manzillararo qatnash uchun yer usti transporti taʼminlanadi.
  • Sammitdan oldingi va sammit davomidagi Deloitte tomonidan tashkillashtiriladigan dasturlarda qatnashish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
  • Barcha davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin, lekin nomzodlar Deloitte tashkiloti boʻlimi mavjud davlarda iqlim oʻzgarishi, taʼlim va kasb imkoniyatlari ustida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak (Oʻzbekistonda ham bu tashkilot boʻlimi mavjud).
  • Ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga boʻlgan tasdiqlangan intilishga ega boʻlish kerak.
  • Yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlish kerak.
  • Asosiy mahalliy va/yoki global muammolar haqida tushunchaga ega boʻlish kerak.
  • Nomzodlar taʼlim va malaka oshirish (koʻnikmalarni egallash)ga oid muammolarni bartaraf etish boʻyicha, iqlim va atrof-muhit oʻzgarishiga oid muammolarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirga ega va innovatsion yechimlar yaratgan /ishlab chiqqanlik tajribasiga ega boʻlishi kerak.

Shuningdek, nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (sammit ingliz tilida bo’ladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Har ikkala grant uchun ham arizalar 2024-yil 21-yanvargacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!