×

Germaniya: talabalar uchun amaliyot dasturi: stipendiya – oyiga 1100 yevro


Grant

MUHLAT

31.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

3140 marta

Germaniyada joylashgan DESY tadqiqot markazining yozgi amaliyot-rezidensiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur bakalavr va magistratura bosqichlari tabiiy fanlar va fizika fanlari sohalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan. Dasturdan maqsad talabalarga labaratoriyalarda amaliy bilimlarini oshirishga sharoit yaratib berish. Yozgi maktab har yili iyul oyidan sentabr oyigacha bo’lib o’tadi. Yozgi maktab davomida qatnashchilar DESY labaratoriyasida olib boriladigan har kunlik ish jarayoni va tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Undan tashqari, maktab mashg’ulotlari vaqtida talabalar ingliz tilida ma’ruzalarda ham qatnashadilar. 2019-yilgi maktab 16-iyuldan 5-sentabrgacha Gamburg yoki Zeithen shaharlarida bo’lib o’tadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

DESY amaliyot dasturiga qabul qilingan talabaning xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qisman qoplab beriladi. Talabaga oyiga 1100 yevro stipendiya beriladi. batafsil

Talablar:

Yozgi amaliyot dasturiga quyidagi talablarga mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod bakalavr bosqichida 3 yoki 4-kursda o’qiyotgan bo’lishi yoki magistraturaga yaqinda o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod fizika yoki tabiiy fanlar yo’nalishida tahsil olayotgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
  4. Nomzod ilgari DESY dasturlarida ishtirok etmagan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

DESY stajirovka va rezidensiya dasturiga arizalar 2018-yil 15-dekabrdan 2019-yil 31-yanvarga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirishda:

  1. CV
  2. Universitetda olingan baholar
  3. Passport nusxasi
  4. Ikkita tavsiyanoma
  5. Va talabalikni tasdiqlovchi hujjat (namuna bu yerda) taqdim etish kerak.

Nomzod dasturga qabul qilingach, uning talabaligini isbotlovchi hujjat bu manzilga jo’natilishi kerak bo’ladi:

  DESY Summerstudent Programme
Notkestraße 85
D-22607 Hamburg
Germany

Dasturga qabul 15-dekabrda ochiladi, shuning uchun shu sanadan boshlab rasmiy saytni tekshirib turish kerak, u yerda ariza uchun havola paydo bo’ladi.

Ma’lumot uchun summie-org@desy.de  elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!