×

Developing Futures Scholarship: magistratura uchun 3 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

02.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2089 marta

Buyuk Britaniyaning Uels davlati, Suonsi shahrida joylashgan Suonsi universiteti – Swansea University 2019-2020-oʻquv yili uchun Developing Futures Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant oʻqish pulini qisman qoplashga moʻljallangan. Grant universitet tarkibidagi School of Managementning magistratura (taught masterʻs) bosqichiing quyidagi kurslaridan biriga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga kontrakt pulini qisman toʻlashga 3 000 funt-sterling stipendiya beriladi. Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Swansea University School of Managementning magistratura yoʻnalishlarida oʻqish haqi har bir kursning sahifasida berilgan. Masalan, International Banking and Finance, MSc kursida oʻqiydigan chet ellik talaba 2019-2020-oʻquv yili uchun taxminan 17,500 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod School of Managementning 2019-yil sentyabrdan boshlanadigan yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar School of Managementning magistratura bosqichida oʻqitiladigan barcha kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Keyin esa alohida grantga ariza toʻldiriladi.

Demak, birinchi oʻqishga kirish uchun ariza bilan hujjat topshiramiz.

Masalan, International Banking and Finance, MSc mutaxassisligiga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Avvalo yuqoridagi roʻyxatdan “International Banking and Finance, MSc” kursini tanlaymiz. Yoki, universitet sahifasiga kirib, alifbo tartibi boʻyicha berilgan kurslar roʻyxatidan International Banking and Finance, MSc”ni topamiz.
  • International Banking and Finance, MSc sahifasining “Overview” boʻlimida kurs haqida maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqamiz.
  • “Entry requirements” boʻlimini tanlaymiz. U yerda oʻqishga kirish talablari umumiy koʻrsatilgan.
  • “How do i apply?” boʻlimida qanday qilib ariza topshirish haqida maʼlumot berilgan. Aynan shu boʻlimda chet elliklar uchun kirish talablari haqida ham bilib olish mumkin. Postgraduate Entry Requirements boʻlimida barcha davlatlar uchun qabul qilinadigan diplom va baholar haqida maʼlumot berilgan. Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun bakalavr diplomi va baholar kamida 71-76% boʻlishi kerakligi yozilgan.
  • Boʻlimdan “Making an application” yozuvini tanlaymiz va Postgraduate programmesyozuvini bosamiz. U yerda aynan qaysi amallarni bajarish va qanday hujjatlar joʻnatish bosqichma-bosqich berilgan.
  • Roʻyxatdan oʻtish onlayn tarzda OnTrack tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin. Tizimga kirish uchun lawcabs.ac.uk sahifasiga oʻtamiz va berilgan tartibda amallarni bajaramiz, yaʼni ariza toʻldiramiz.
  • Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.

Grantga ariza topshirish.

Grantga ariza shaklini toʻldirib, somscholarships@swansea.ac.uk elektron manziliga yuborish kerak. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni ariza bilan birga 2019-yilning 2-avgustiga qadar joʻnatish lozim.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Toʻliq va toʻgʻri toʻldirilgan anketa.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Rezyume.
  • Ariza 2 marta topshiriladi. Bittasi oʻqishga kirish uchun va ikkinchisi grant uchun. Grantga toʻdlirildigan arizaning ichida soʻraladigan maʼlumotlar: shaxsiy maʼlumotlar, esse, nima uchun grantga ariza berayotganligingiz sabablari koʻrsatiladi.
  • Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (IELTS kamida 6.0 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin. Chunki grant oʻqish pulini qisman qoplaydi. Kontraktning qolgan qismi va yashash, tibbiy sugʻurta, turar joy xarajatlarini talabaning oʻzi toʻlaydi. Shuning uchun talaba moliyaviy jihatdan shu sarflarni toʻlay oladigan boʻlishi kerak.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin. Viza olish boʻyicha muammolari bor boʻlgan talabalar hujjat topshirishda va oʻqishda toʻsiqlarga uchrashi mumkin. Shuning uchun odatda viza haqida qoʻshimcha hujjat soʻraladi.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga qoʻyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Aʼlo baholari.
  2. Moliyaviy yordamga muhtojligi.
  3. Oʻqishga intilishi va kelajakdagi rejalari.
  4. Universitetga kelgusida qanday yordam bera olishi haqidagi rejalari.

Oʻqishga kirishga va grant dasturi uchun 2019-yil 2-avgustgacha ariza berish mumkin. Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: grant boʻyicha savollar yuzasidan murojaat uchun: somscholarships@swansea.ac.uk .

Oʻqishga kirish boʻyicha savollar yuzasidan murojaat uchun: international.admissions@swansea.ac.uk

Telefon: +44 (0) 1792 205678

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!