×

Dizaynerlar uchun WOW Design Competition tanlovi: mukofot jamg’armasi – 129 ming AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

26.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

4171 marta

Dizayner va ijodkorlar uchun 2021 World of WearableArt (WOW) Design Competition tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda san’at darajasiga olib chiqilgan kiyim dizaynlari bilan ishtirok etish mumkin. Tanlov inson egniga kiyish mumkin bo’lgan, ammo ijodiy yondashib, san’at asariga aylantirilgan kiyimlar, bezaklar va boshqalar uchun tashkil etilgan. 

WOW tanlovi 30 yildan beri dunyoning barcha hududlaridan bo’lgan dizaynerlarni o’ziga jalb qilib, san’at, dizayn va moda chegaralarini yangidan tasavvur qilishga undaydi. Tanlovga topshirilgan dizaynlar ichidan saralab olinganlari Yangi Zelandiyaning Vellington shahrida 60 mingdan ziyod kuzatuvchi tashrif buyuradigan ko’rgazma uchun yaratilib, namoyish etiladi. Tanlov haqida tayyorlangan video bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Tanlovga turli yo’nalishlar bo’yicha dizaynlarni taqdim etishingiz mumkin. Ular bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Dizaynerlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 33 nafar sovrindor aniqlanadi. Ulardan bir nafari asosiy sovringa ega bo’ladi. Mukofot jamg’armasi 185 000 NZD (129 074 AQSh dollari) ga teng. 

Bosh sovrin – Supreme WOW Award mukofotini olgan ishtirokchiga 30 000 NZD (20 900 AQSh dollari) pul mukofoti beriladi. Ikkinchi o’rin sohibiga 15 000 NZD (10 450 AQSh dollari) beriladi. Mukofot jamg’armasi yo’nalishlar bo’yicha va turli nominatsiyalar bo’yicha taqsimlanadi. Barcha mukofotlar bu yerda keltirilgan.

Talablar:

  • Tanlovda 18 yoshdan oshgan (26-mart hisobida) shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovda moda, tekstil va boshqa kiyim-kechak sanoati, arxitektura, muhandislik, buyumlar yasash, rassomchilik va boshqa sohalar dizaynerlari ishtirok erishlari mumkin. 
  • Tanlovga taqdim etilgan dizaynlarda hech qanday savdo belgisi ko’rsatilmasligi kerak.
  • Kiyimlarning (dizaynlarning) uzunligi 3 metrdan oshmasligi kerak. 
  • Tanlovda uchtagacha bo’lgan dizaynerlar guruh sifatida ishtirok etishlari mumkin. 
  • Bitta dizayner bir nechta dizayn bilan ishtirok etishi mumkin. Bunda ularning hammasi tanlovning bitta yo’nalishiga topshirilishi kerak.
  • Tanlovga boshqa tanlovlarga topshirilgan dizaynlar ham qabul qilinadi. Barcha qoidalar

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga avvaliga dizaynning surati topshiriladi. Ishtirok etish uchun 26-martgacha bu yerda onlayn ro’yxatdan o’tish kerak. 15-iyungacha esa kiyimning o’zini Yangi Zelandiyaga yuborishlari kerak bo’ladi. 

Savollaringiz bo’lsa, bu yerda ko’p so’raladigan savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqing. Murojaat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!