×

Donghua University: Xitoyda barcha kurslarda o’qish uchun to’liq grantlar


Grant

MUHLAT

31.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1433 marta

Xitoyda joylashgan Donghua Universityda o’qish uchun Shanghai Government Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant dasturi shu universitetning bakalavr, magistratura va doktorantura kurslariga qabul qilingan xorijlik talablarning o’qishini moliyalashtiradi. Donghua Universiteti bakalavr kurslari haqida ma’lumot bu yerda, magistratura va doktorantura kurslari ro’yxati esa bu yerda berilgan. 

Bakalavr kurslari 4 yil, magistratura 2 yil, doktorantura 4 yil davom etadi. Grantlar xitoy tilida o’qitiladigan BBA bakalavr kursidan tashqari barcha bakalavr, magistratura va doktorantura kurslari uchun beriladi. 

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant to’liq yoki qisman ta’minotni o’z ichiga olishi mumkin. To’liq grant dasturida kontrakt to’lovi, sug’urta va yotoqxona xarajatlarini butunlay qoplab beriladi, talabaga oylik stipendiya ajratiladi (bakalavr uchun 2500 yuan – 381 AQSh dollari, magistratura uchun 3000 yuan – 458 AQSh dollari, doktorantura uchun 3500 yuan – 534 AQAh dollari). 

Qisman grant yutib olgan talaba kontrakt to’lovidan ozod qilinadi va sug’urta bilan ta’minlanadi.

Talablar:

  • Nomzod Xitoy fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  • Doktorantura kursiga hujjat topshirayotgan nomzodlar bakalavr diplomiga ega bo’lishi, yoshi 40 dan oshmasligi kerak.
  • Magistratura kursiga hujjat topshirish uchun nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi, yoshi 35 dan oshmasligi kerak.
  • Bakalavr kursiga hujjat topshirish uchun nomzod maktab/litsey/kollejni tamomlagan bo’lishi, yoshi 25 dan oshmasligi kerak.
  • Nomzod o’zi tanlagan kurs uchun zaruriy til talablariga mos bo’lishi kerak. 
  • Nomzodning baholari yuqori bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yil 31-martgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish tartibi:

  • Kerakli bakalavr, magistratura yoki doktorantura kursini tanlab, talablari bilan tanishib chiqing.
  • Bu yerda ro’yxatdan o’ting.
  • Bu yerda ariza topshiring. 
  • Kerakli hujjatlarni pochta orqali yuboring va ariza to’lovini amalga oshiring. 

Bakalavr kurslariga qabul haqida bu yerda, magistratura va doktorantura kurslariga qabul haqida bu yerda o’qing. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!