×

Oʻzbekiston: “Doʻstlik” videoroliklar tanlovida qatnashib 25 million soʻmgacha pul mukofotini yutib oling!


Grant

MUHLAT

20.07.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

3926 marta

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi qator tashkilotlar bilan birgalikda “Doʻstlik” videoroliklar tanlovini eʼlon qildi.

30-iyul – “Xalqlar doʻstligi kuni” doirasida “Doʻstlik festivali”ga bagʻishlangan mazkur tanlov Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va hamjihatlik, tinchlik va totuvlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy madaniyat markazlari, doʻstlik jamiyatlari faoliyati, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy, gumanitar va doʻstlik aloqalarini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlarda turli millatlar tili, madaniyati, anʼana va urf-odatlariga hurmat hissini yuksaltirish kabi ezgu gʻoyalarni aks ettiradi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:

  • “Doʻstlikni tarannum etgan eng yaxshi rolik”.
  • “Millatlararo totuvlik aks ettirilgan eng yaxshi koʻrsatuv, reportaj, film”.

Grant kimlar uchun?

Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Har bir nominatsiya boʻyicha tanlov gʻoliblari alohida tartibda quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi:

  • 1-oʻrin – 25 000 000 soʻm;
  • 2-oʻrin – 20 000 000 soʻm;
  • 3-oʻrin – 15 000 000 soʻm
  • Shuningdek, 5 ta ragʻbatlantiruvchi oʻrin – 10 000 000 soʻmdan.

 

Talablar:

Bu tanlovda barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari ishtirok etishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Videoroliklar 2023-yilning 20-iyul kuniga qadar Qoʻmita Matbuot xizmatiga yuborilishi lozim (Telegram kontakt: +998 98 304-61-08). Telegram orqali videorolikni yuborganda ism va familiyangiz, bogʻlanish uchun telefon raqamingizni ham yozishni unutmang.

“Doʻstlik” videoroliklar tanlovi gʻoliblari “Xalqlar doʻstligi kuni” munosabati bilan 2023-yil 29-iyul kuni oʻtkaziladigan “Doʻstlik festivali” bayram tadbirida taqdirlanadilar.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!