×

Drever Trust MSc Scholarships – magistratura bosqichi uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

30.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1942 marta

Shotlandiyaning Edinburg shahrida joylashgan University of Edinburgh oliygohi School of Philosophy, Psychology and Language Sciences maktabining psixologiya va unga bog’liq yo’nalishlar bo’yicha 2020-yilning sentabrida boshlanadigan magistratura kursida (MSc programme)  o’qishni xohlovchi talabalarni Drever Trust MSc Scholarships grant dasturiga hujjat topshirishga taklif etadi. Ushbu grant o’qish to’lovini mahalliy va Yevropa Ittifoqi talabalari uchun ajratilgan qismini to’lash uchun mo’ljallangan (YI tarkibiga kirmaydigan mamlakatlardan bo’lgan talabalar to’lovning qolgan qismini o’zlari qoplashlari zarur). Grant doirasida talabalarga kunduzgi (full time) tartibdagi kurslar uchun 1 yillik, sitrqi (part time) tartibdagi kurslar uchun 2 yillik kontrakt to’lovi to’lab beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga magistratura kursi (kunduzgi 1 yillik, yiliga 23 950 funt-sterling yoki sirtqi 2 yillik, yiliga 11 975 funt-sterling miqdorida) uchun o’qish to’lovini mahalliy va Yevropa Ittifoqi talabalari uchun ajratilgan qismini to’lash mo’ljallangan (YI tarkibiga kirmaydigan mamlakatlardan bo’lgan talabalar to’lovning qolgan qismini o’zlari qoplashlari zarur). Odatda YI tarkibiga kiruvchi mamlakatlar fuqarolari uchun kontrakt summasi YI tarkibigia kirmaydigan davlatlardan boʻlgan talabalar uchun belgilangan kontraktdan 2 baravar arzon boʻladi.

Universitetda tahsil olish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

  • Nomzod dunyoning istalgan davlatidan bo’lishi mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q)
  • Nomzod University of Edinburgh oliygohi School of Philosophy, Psychology and Language Sciences maktabining psixologiya va unga bog’liq yo’nalishlar bo’yicha 2019-yilning sentabrida boshlanadigan magistratura kursilaridan biriga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi zarur
  • Nomzod a’lochi bo’lishi zarur
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim
  • Nomzod Buyuk Britaniyaning bakalavr darajasiga yoxud unga tenglashtirilgan darajaga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod tanlagan yo’nalishi bo’yicha ish tajribasiga ega bo’lishi, maqola va nashrlar chop ettirgan bo’lishi maqsadga muvofiq.

Nomzodga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Drever Trust MSc Scholarships grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo University of Edinburgh oliygohining School of Philosophy, Psychology and Language Sciences  maktabining psixologiya va unga bog’liq yo’nalishlar bo’yicha 2020-yilning sentabrida boshlanadigan magistratura kursilaridan biriga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi zarur. Bu jarayon nomzoddan 5 ish kuniga qadar vaqtni talab etadi. So’ngra, shu yer orqali MyEd portaliga kirib, EUCLID dasturidan, ariza shaklini topishi va uni to’ldirishi mumkin bo’ladi. Ariza topshirishda muammoga duch kelgan nomzodlar shu yer orqali yordam olishlari mumkin. Dedlayn – 2020-yil 30-aprel. Natijalar 2020-yilning avgust oyi oxirida e’lon qilinadi.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. Ariza
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Baholar/diplom ilovasi
  4. Til sertifikati. IELTS 6.5 ball va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball yoki TOEFL iBT 92 ball va undan baland
  5. 2 ta tavsiyanoma
  6. Shaxsiy bayonot (Personal Statemant)
  7. Tanlangan yo’nalish bo’yicha qatnashilgan dasturlar, olingan mukofot/sertifikatlar, yozilgan maqola va nashrlar (agar mavjud bo’lsa)

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tel: +44 (0) 131 651 4070

Email: msc.pnp@ph.ed.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!