×

Dubay: Bakalavr bosqichi uchun 50% gacha grant


Grant

MUHLAT

22.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

8143 marta

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan The University of Wollongong in Dubai (UOWD) universiteti 2019-yilgi bakalavr kurslari uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi The University of Wollongong in Dubai univrsitetining istalgan bakalavriat yo’nalishlari uchun taqdim etiladi.

Grantlar a’lochi va iqtidorli talabalar uchun ajratilgan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab- quvvatlashdir.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga o’quv kontraktining 15% dan 50% gacha bo’lgan qismi to’lab beriladi. Universitetdagi turli bakalavr yo’nalishlari uchun kontrakt to’lovi miqdorlari bu yerda batafsil ko’rsatilgan. Grant yutgan talabaning universitetdagi o’zlashtiruv baholari doimiy ravishda kuzatib boriladi. O’zlashtiruv bahosi belgilangan talabga javob bermagan talaba uchun grant bekor qilinadi. Grant doirasiga yotoqxona, stipendiya va boshqa o’quv xarajatlari hisobga kiritilmagan.

Talablar:

The University of Wollongong in Dubai  universitetning grant dasturini qo’lga kiritish hamda uni kelajakda saqlab qolish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  • Nomzod UOWD ning belgilangan bakalavr kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak va bakalavr kurslarining qabul talablariga to’liq mos bo’lishi zarur.
  • Nomzod bir semester uchun kamida 3 ta fan uchun ro’yxatdan o’tgan bo’lishi kerak.
  • Nomzodning yuqori maktabda yaxshi baholarga o’qigan bo’lishi zarur.
  • UOWD universiteti bakalavr kurslariga o’qishga kirish uchun esa boshqa talablarga ga mos bo’lish bilan bir qatorda ingliz tilidan  belgilangan talablarga javob berish kerak. Nomzoddan TOEFL IBT’dan kamida 61, TOEFL PBT’dan kamida 500 va IELTS’dan kamida 5 ball darajaga ega bo’lish talab etiladi. Agarda sizda yuqorida ko’rsatilgan Til sertifikatlari mavjud bo’lmasa UOWD universitetining maxsus Ingliz tili imtixoniga bakalavriat uchun hujjat topshirish jarayonida ro’yxatdan o’tib ega bo’lishingiz mumkin.
  • Grantga mos deb topilgan nomzodlar o’qish davomida belgilangan barcha fanlarni a’lo baholarga o’qishi lozim aks holda grant bekor qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

The University of Wollongong in Dubai (UOWD) grant dasturiga ro’yxatdan o’tish uchun bu yer orqali ariza to’ldirib jo’natish lozim. Ariza bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

UOWD bakalavr kurslari uchun hujjatlar taxminan 2019-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi. Grant uchun ariza bermoqchi bo’lsangiz, avvaliga bakalavr kursiga hujjat topshirish haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz kerak bo’ladi. Grantlar soni cheklangan bo’lib, oldinroq ro’yxatdan o’tgan nomzodlarda grant yutish imkoniyati ko’proq bo’ladi.

Ma’lumot uchun  info@uowdubai.ac.ae  elektron manzili yoki +9714 278 1800  raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!