×

Dubay: Canadian University of Dubayda bakalavr bosqichini oʻqish uchun 50 foizgacha grantlar


Grant

MUHLAT

20.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

4010 marta

Dubayda joylashgan Canadian University Dubai bakalavriat kurslari uchun Scholarships dasturi doirasida bir nechta grantlarga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet bakalavr bosqichlarining 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar bir semestrdan toʻrt yilgacha beriladi. Universitet quyidagi grantlarni taklif etadi:

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Canadian University Dubai bakalavriat yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi tanlanan yoʻnatishga qarab farq qiladi. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.

Grant yutib olgan nomzodlarga 1 semestrdan 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini qoplash uchun:

  • Academic Excellence Scholarship. Grant faqat bahorgi semester uchun beriladi. Grant olish uchun tanlangan kurs talablarida mos boʻlish va kamida 12 kreditli kurslarga oʻqishga kirish kerak. Grant oʻqish pulini 10% dan 50%gacha qoplaydi:
  1. GPA 3.85-3.89/85% – 89.9% – kontraktning 20%;
  2. GPA 3.90-3.94/90% – 94.9% – kontraktning 30%;
  3. GPA 3.95-3.97/95% – 98.9% – kontraktning 40%;
  4. GPA 3.98-4.0/99% – 100% – kontraktning 50% chegirma qilinadi.
  • Sports Scholarship. Oʻzlashtirish koʻrsatkichi 70%, GPA 4,0 dan kamida 3,0 boʻlgan talabalarning oʻqish puli 40% chegirma qilinadi.
  • Financial Hardship Scholarship. Moliyaviy koʻmakka muhtoj talabalarning kontrakt pulidan 40% chegirma qilinadi. Buning uchun nomzodning GPA kamida 2,8 ball boʻlishi hamda qabul komissiyasiga bank ma’lumotnomasi, ota-onasining ish joyidan daromad ma’lumotnomasi va ariza, viza hujjatlarini topshiradi. Batafsil ma’lumotni grant sahifasidan aniqlang.
  • Special Needs Scholarship. Imkoniyati cheklangan talabalarning kontrakt pulidan 40% chegirma qilib beriladi. grant yozgi semestrga uzaytirilmaydi.
  • Special Talent Scholarship. Iqtidorli va iste’dodli talabalarning kontraktidan 40% chegirma qilinadi. Buning uchun talabaning baholari: GPA kamida 3,0 ball boʻlishi va iqtidorini tanlov/musobaqalarda namoyish qila olishi kerak.

Barcha grant dasturlari haqida toʻliq ma’lumot va kerakli hujjatlarni grant sahifalaridan batafsil oʻrganib chiqing.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod qaysi grantga talabgorligiga qarab yaxshi/aʼlo bahoga oʻqigan boʻlishi zarur. Deyarli barcha grantlarga GPA 4,0 dan kamida 3,0 ball talab qilinadi.
  4. Nomzod SAT yoki matematika imtihoni boʻyicha yuqori ballga ega boʻlishi kerak. SAT Mathdan kamida 400 ball boʻlishi zarur.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. IELTS kamida 5,0/TOEFL kamida 61 ball boʻlishi talab qilinadi.
  6. Nomzod 12 yillik ta’lim – attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi lozim.

Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan va shu yerdan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shunig uchun avval oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish kerak. Keyin grantga alohida ariza berish lozim.

Oʻqish va grantga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari semestrlarga koʻra farq qiladi. Ayni vaqtda bahorgi semestrda oʻqish uchun hujjat topshirish mumkin, dedlayn: 20-dekabrgacha.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing.
  • Kirish talablari bilan tanishing.
  • Ariza koʻrilishi uchun 1000 AED (taxminan 273 AQSh dollar) badal toʻlash kerak. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  • Keyin soʻralgan hujjatlarni tizimga yuklang.
  • Agar hujjat topshirish bilan bogʻliq muammo tugʻilsa, registration@cud.ac.ae manzilidan aniqlang.

Grantga ariza berish:

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS kamida 5,0/TOEFL kamida 61 ball yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • SAT sertifikati yoki matematika imtihoni. SAT Mathdan kamida 400 ball yoki ekvivalent topshiriladi.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda va berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga ACT va SAT imtihoni baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va aʼlo baholari kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: scholarship@cud.ac.ae yoki registration@cud.ac.ae

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!