×

Dubay: Murdoch University of Dubayda barcha bosqichlar uchun 50 foizgacha grantlar


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

6747 marta

Dubayda joylashgan Murdoch University Dubai bakalavriat va magistratura kurslari uchun Scholarships dasturi doirasida bir nechta grantlarga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar 2020-yilda universitet ingliz tili, bakalavriat va magistratura bosqichlarining  1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar bir semestrdan toʻrt yilgacha beriladi. Universitet quyidagi grantlarni taklif etadi:

  • Academic Merit Scholarship
  • 2020 Scholarships
  • Diploma Program Scholarships

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Murdoch University Dubaida kontrakt toʻlovi tanlangan yoʻnalishga qarab farq qiladi. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.

Grant yutib olgan nomzodlarga 1 semestrdan 4 yilgacha muddatga kontrakt pulini qoplash uchun:

  1. Academic Merit Scholarship (current).
  • Foundation and Diploma Program. Foundation va Diploma kurslariga oʻqishga qabul qilingan a’lochi talablarga beriladi. Grant olish uchun talaba Murdoch Dubai Campusda oʻqitiladigan 24 kreditli (8 boʻlim) kurslarga oʻqishga kirishi lozim. Grant yutib olgan nomzodga oʻqish tugagauncha kontraktdan 50% chegirma qilinadi.
  • Undergraduate Program. Bakalavriat kurslariga oʻqishga qabul qilingan a’lochi talablarga beriladi. Grant olish uchun talaba Murdoch Dubai Campusda oʻqitiladigan 24 kreditli (8 boʻlim) kurslarga oʻqishga kirishi lozim. Grant yutib olgan nomzodga oʻqish tugagauncha kontraktdan 50% chegirma qilinadi.
  • Postgraduate Program. Magistratura va doktorantura kurslariga oʻqishga qabul qilingan a’lochi talablarga beriladi. Grant olish uchun talaba Murdoch Dubai Campusda oʻqitiladigan 24 kreditli (8 boʻlim) kurslarga oʻqishga kirishi lozim. Grant yutib olgan nomzodga oʻqish tugagauncha kontraktdan 50% chegirma qilinadi.
  1. 2020 Scholarships.(New Students).
  • Academic Merit-Based. Chet ellik talabalarga kontraktdan 15-40% chegirma qilinadi.
  • Diploma Program Scholarships.

Barcha Diploma program dasturlariga oʻqishga kirgan talablarga taalluqli. Grant talablariga moz kelgan talabalarga kontraktdan 50 % chegirma qilinadi.

Barcha grant dasturlari haqida toʻliq ma’lumot va kerakli hujjatlarni grant sahifalaridan batafsil oʻrganib chiqing.

Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.

Talablar:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat, magistratura, ingliz tili kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shunig uchun avval oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. 2020-yil yoz va kuzda boshlanadigan kurslar uchun dedlayn muhlatlari farq qiladi, ularni shu yerdan tekshirib oling.

Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS kamida 5,5/TOEFL kamida 60 ball yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida ma’lumot.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Esse/motivatsion xat/ish tajribasi haqida ma’lumot soʻralishi mumkin.
  • CV/resume talab qilinishi mumkin.
  • Tanlangan yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar ham soʻralishi lumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi: shu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga a’lo baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va ijtimoiy faolligi kabi mezonlar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: dubai.admissions@murdoch.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!