×

Irlandiya: Magistraturada o’qish uchun to’liq grant va yillik 30 ming yevro stipendiya; joy – 70ta!


Grant

MUHLAT

04.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Irlandiya

O'QILGAN

5874 marta

Irlandiyaning Dublin shahrida joylashgan UCD Michael Smurfit Graduate Business School oliygohi Bord Bia Scholarship dasturi orqali 2019-yilgi magistraturada o’qishni xohlovchi talabalarga 70 ga yaqin grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi UCD Michael Smurfit Graduate Business School’da o’qitiladigan magistratura kurslari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlash.

UCD biznes maktabidagi barcha kurslar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga o’quv kontraktini to’liq qoplab berish bilan bir qatorda, yiliga 30 ming yevro stipendiya ham beriladi.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  • Nomzod bakalavr darajasini tugallagan bo’lishi talab etiladi.
  • Magistraturaga hujjat topshirayotgan nomzodlardan 2-4 yillik ish tajribasi talab qilinadi, doktoranturaga hujjat topshirayotgan nomzodlar uchun bunday talab mavjud emas.
  • Nomzod Microsoft Word, Microsoft Excel, Microsoft Powerpoint dasturlaridan erkin foydalana olishi lozim.
  • Nomzod hisobot berish imkoniyati va ravon nutqqa ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak, boshqa keng tarqalgan tillarni ham bilsa yanada yaxshi.

Dasturga qabul jarayoni:

Bord Bia Scholarship grant dasturiga hujjat topshirish uchun sayti orqali ariza to’ldirib jonatish lozim. Hujjat topshirishda nomzod CV taqdim etishi kerak bo’ladi, unga ikkita tavsiya beruvchi yoki nomzodning shaxsini tasdiqlay oladigan shaxslarning ma’lumotlari (telefon raqamlar, ismlar va hkz –  qabul jamoasi a’zolari ularga siz haqingizda fikr so’rab bog’lanishlari mumkin) ham kiritilishi zarur. Tizimga CV ni yuklaganda uni “ism_familiya_CV” (masalan, yulduz_ochilova_CV) ko’rinishida nomlash zarur. Hujjatlar 2019-yil 4-martga qadar qabul qilinadi.

Hujjat topshirgan barcha nomzodlarning arizalari ko’rib chiqilgandan so’ng, keyingi bosqichga o’tgan nomzodlar saralanadi. Saralangan nomzodlarning har biriga keying bosqichga o’tganligi to’g’risida xabar yuboriladi hamda 2 ta psixometrik testdan o’tishlari haqida ogohlantiriladi. Psixometrik test taxminan 2019-yilning mart oyida onlayn tarzda o’tkaziladi. Saralashning bu bosqichlaridan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar Dublin shahriga suhbat uchun taklif qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun   smurfitschool@ucd.ie  elektron manzili yoki +35317168934 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!