×

“Duel loyihasi”: 15–30 yosh oraligʻidagi shoirlar uchun tanlov; mukofot jamgʻarmasi 424 mln soʻm


Grant

MUHLAT

29.05.2024

QOLGAN VAQT

11 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

910 marta

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika Yosh ijodkorlar Kengashi tomonidan isteʼdodli yoshlar oʻrtasida oʻtkazilib kelinayotgan “Duel” tanlovining yangi mavsumiga start berildi. Loyiha orqali barcha hududlardagi yosh isteʼdod egalarini kashf qilish va qoʻllab-quvvatlash reja qilingan. Tanlovda kattalar va bolalar sheʼriyati yoʻnalishida ijod qilayotgan 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan shoirlar qatnashishlari mumkin.

Mazkur Tanlov yoshlarni adabiy did va saviyasini oshirish, ularning adabiyotga qiziqishi va ishtiyoqini yuksaltirish bilan bir qatorda kattalar sheʼriyat va bolalar sheʼriyati yoʻnalishlarida ijod qilayotgan yosh ijodkorlarning isteʼdodini sogʻlom raqobat asosida shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.

Tanlov 3 bosqichda boʻlib oʻtadi:

  • Onlayn (saralash bosqichi)
  • Viloyat
  • Respublika

Ishtirokchilar talabidan kelib chiqib, tanlovda oʻzbek va qoraqalpoq tillaridan foydalanishiga ruxsat beriladi.

Grant kimlar uchun?

Kattalar va bolalar sheʼriyati yoʻnalishida ijod qiladigan 15–30 yosh oraligʻidagi shoirlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblarini taqdirlash uchun umumiy mukofot jamgʻarmasi 424 million soʻm ajratilgan hamda u quyidagicha taqsimlanadi:

  • Respublika bosqichi gʻoliblari: 1-oʻrin – 50 mln. soʻm; 2-oʻrin – 40 mln. soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
  • Respublika bosqichi finalchilari (1- va 2-oʻrin gʻoliblaridan tashqari) 5 million soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
  • Viloyat bosqichi gʻoliblari 1-oʻrin planshet va 2-oʻrin elektron kitob (bookreader) bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Tanlovda kattalar va bolalar sheʼriyati yoʻnalishida ijod qiladigan 15–30 yosh oraligʻidagi barcha shoirlar oʻz ijodiy she’rlari bilan qatnashishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yosh ijodkorlar 2024-yil 29-mayga qadar telegramdagi maxsus @duel_ariza_bot manziliga oʻz ijodiy ishlari, shaxsiy maʼlumotlarini yuborgan holda roʻyxatdan oʻtishadi. Kelib tushgan ishlar viloyatlariga koʻra ajratilib, tashkiliy guruhga biriktirilgan ekspertlar tomonidan saralanadi. Saralash bosqichida ijodiy ishlar quyidagi mezonlarga koʻra ajratib olinadi:

  • Tanlangan gʻoya va mavzuning ochib berilishi – 3 ball;
  • Sheʼrning uslubi – 3 ball;
  • Ijodiy mahorat – 3 ball.

Yakunda har bir viloyatdan tanlab olingan 16 nafardan ishtirokchi viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishadi.

Viloyat bosqichi. Viloyat bosqichiga chiqqan 16 nafar ishtirokchilar oʻrtasida qurʼa tashlash yoʻli bilan oʻzaro raqiblar aniqlanadi. Tanlangan raqiblar oʻzaro bellashishadi. Bunda oʻzlari yozgan sheʼrdan 5 tasini oʻqib berish sharti belgilanadi. Shu vaqtning oʻzida hakamlar tomonidan sheʼrlar 10 ballik tizimda baholanadi.

Sheʼrlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Tanlangan gʻoya va mavzuning ochib berilishi – 3 ball;
  • Sheʼrning uslubi – 3 ball;
  • Ijodiy mahorat – 3 ball;
  • Ijro mahorati – 1 ball.

Shu tariqa duelda ikki nafar finalchi qolgunga qadar ishtirokchilar bir-birlari bilan bellashishadi. Finalga chiqqan ishtirokchilar 3 tadan sheʼr oʻqishadi. Soʻngra Tanlov hakamlari tomonidan avvaldan tayyorlangan 5 ta konvertlardan birini kelishgan holda tanlanadi va konvert ichidagi mavzu doirasida belgilangan vaqt (1 soat) ichida sheʼr yozish sharti belgilanadi.

Tayyor boʻlgan ijodiy ishlar hakamlar hayʼati tomonidan yuqoridagi mezonga muvofiq baholanadi. Shundan soʻng ikkita shart natijasiga koʻra viloyat bosqichi gʻolibi aniqlanib, respublika bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.

Respublika bosqichi uchun qoʻshimcha kvota. Viloyat bosqichlarida 2-oʻrinni egallagan ishtirokchilar hakamlar hayʼati tavsiyasiga koʻra, respublika bosqichi uchun qoʻshimcha tarzda ajratilgan 2 ta kvotadan birini qoʻlga kiritishlari mumkin.

Respublika bosqichi 4 bosqichda oʻtkaziladi: nimchorak final, chorak final, yarim final va final bosqichlari boʻlib 2 kun davomida tashkil etiladi.

1-kun – nimchorak final va chorak final, 2-kun – yarim final va final bosqichlari oʻtkaziladi.

Respublika bosqichiga chiqqan 16 nafar ishtirokchilar oʻrtasida qurʼa tashlash yoʻli bilan oʻzaro raqiblar aniqlanadi. Tanlangan raqiblar oʻzaro bellashishadi. Bunda oʻzlari yozgan sheʼrdan 5 tasini oʻqib berishadi. Shu vaqtning oʻzida hakamlar tomonidan sheʼrlar 10 ballik tizimda baholanadi.

Sheʼrlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

  • Tanlangan gʻoya va mavzuning ochib berilishi – 3 ball;
  • Sheʼrning uslubi – 3 ball;
  • Ijodiy mahorat – 3 ball;
  • Ijro mahorati – 1 ball.

Shu tariqa duelda ikki nafar finalchi qolgunga qadar ishtirokchilar bir-birlari bilan bellashishadi. Finalga chiqqan ishtirokchilar 3 tadan sheʼr oʻqishadi. Soʻngra Tanlov hakamlari tomonidan avvaldan tayyorlangan 5 ta konvertlardan birini kelishgan holda tanlanadi va konvert ichidagi mavzu doirasida belgilangan vaqt (1 soat) ichida sheʼr yozish sharti belgilanadi.

Tayyor boʻlgan ijodiy ishlar hakamlar hayʼati tomonidan yuqoridagi mezonga koʻra baholanadi. Shundan soʻng ikkita shart natijasiga koʻra respublika bosqichi gʻoliblari aniqlanadi va oʻrnatilgan tartibda belgilangan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval dastur nizomi bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!