×

Duke Kunshan University: Xitoyda bakalavr kurslari uchun 100% gacha grantlar


Grant

MUHLAT

04.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

1284 marta

Xitoyda joylashgan va universitetlaridan biri bilan hamkorlikda ochilgan Duke Kunshan University universiteti bakalavr kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Bakalavr kurslariga qabul qilingan talabalar uchun ularning baholari, akademik ko’rsatkichlari asosida (“merit-based scholarships”) va moliyaviy holati asosida (“need-based scholarships”) belgilanadigan grantlar ham mavjud. Bakalavr kursiga qabul qilingan eng iqtidorli talabalar universitetning moliyaviy yordam dasturi doirasida grantga ega bo’ladilar. Duke Kunshan universiteti bakalavr kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzodning baholari va yutuqlari asosida va moddiy holati asosida belgilanadigan grantlar kontraktga chegirma ko’rinishida taqdim etiladi. Grant kontraktning 100% dan kamroq qismini yoki 100% qismini qoplashi mumkin. Aynan qancha miqdorda chegirma belgilangani o’qishga topshirilgan ariza natijasi bilan birga e’lon qilinadi. Kontrakt qancha?

Talablar:

  • Nomzod maktab, litsey yoki kollejni 2021-yil kuzgacha bitirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun IELTS, TOEFL yoki Duolingo sertifikatlari talab qilinadi.
  • Nomzod tirishqoq, ham darsda, ham darsdan tashqari mashg’ulotlarda faol, yetakchilik sifatlariga ega shaxs bo’lishi kerak.
  • Nomzod Duke Kunshan universitetining xalqaro ta’lim dasturiga katta qiziqish bildirishi, talaba sifatida faol bo’lishi kerak.
  • SAT yoki ACT testi natijalarini topshirish 2021-yil kuzgi semestrga hujjat topshirayotganlar uchun ixtiyoriy hisoblanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Barcha bakalavr kurslariga arizalar 4-yanvargacha bu yerda topshiriladi. Kerakli hujjatlar (“common app” ariza topshirish tizimi uchun topshiriladigan hujjat ro’yxati):

  • Maktab haqida ma’lumot (“school report”)
  • Tavsiyanoma (“counselor report”)
  • Maktab/kollej/litsey baholari
  • Nomzodning o’qituvchisi tomonidan tayyorlanishi kerak bo’lgan, nomzodning imkoniyatlari haqida ma’lumot berilgan hujjat (Ikkita majburiy, bitta ixtiyoriy)
  • SAT/ACTZ sertifikati (ixtiyoriy)
  • IELTS/TOEFL/Duolingo sertifikati
  • Insho (mavzusi bu yerda berilgan)
  • CSS profile (grant uchun).

Common app ariza topshirish tizimida so’ralgan har bir hujjat haqida ma’lumot keltirilgan. Murojaat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!