Xalqaro Global Sustainable Electricity Partnership tashkiloti 2020-21-yil uchun 2020 Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dunyoning istalgan universitetining energetika yoʻnalishlarida barqaror energiya sohasidagi muammolarni hal etish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borishni istagan izlanuvchilarga beriladi. Grant 6-8 tagacha talabalar uchun moʻljallangan va ikki yilgacha beriladi.
Grant kimlar uchun?
Energetika sohasi boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga ikki yilgacha kontrakt toʻlovi uchun 23 000 USD mablagʻ ajratiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha rivojlanayotgan davlatlar vakillari ariza bera oladilar (oʻzbekistonliklar ariza topshira oladi).
- Dunyoning istalgan davlatida joylashga universitetlardan birining energetika boʻyicha magistratura dasturiga birinchi kursga qabul qilingan yoki oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
- Eng yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega (kuchli 20% likka kirgan) boʻlishi zarur.
- Turgʻun energiya sohasi boʻyicha kuchli bilim sohibi boʻlishi lozim.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Jamoatchilik ishlarida qatnashgan va oʻz ustida ishlashga tayyor boʻlishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjat topshirish 2020-yilning yanvaridan mart oyi boshlarigacha davom etadi. Hozirda ariza berish uchun platforma yopiq va u yanvar oyida: shu yerda ochiladi.
Hujjatlar tarkibi:
- Pasport nusxasi yoki tugʻilganlik haqida guvohnoma.
- CV/resume.
- Oʻqishga qabul qilinganlik haqidagi hujjat nusxasi. Agar hujjat dedlayndan keyin olinsa, 2020-yilning aprelidan kechikmay scholarship@globalelectricity.org manziliga joʻnatish kerak.
- Oʻquv rejasi yoki dasturlar (oʻqishga qabul qilingan sohada oʻrganiladigan).
- Diplom va diplom ilovasi (baholar varagʻi).
- Akademik soʻrovnoma. Soʻrovnoma shakli namunasi: shu yerda.
Barcha hujjatlar ingliz tilida rasmiylashtirilishi shart. Hujjatlar tarkibi va ariza topshirish haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.
Grantning barcha shartlari haqida batafsil maʼlumot: shu yerda.
Nomzodlarni saralash liderlik va kommunikativ koʻnikmalari, maʼnaviy-maʼrifiy, tashkiliy ishlarda qatnashganligi, akademik malakasi va oʻqishdan tashqari faolligiga koʻra amalga oshiriladi:
Grant natijalari nomzodning akkauntida eʼlon qilinadi yoki elektron pochtasiga xat orqali xabar yuboriladi. 2020-yil may oyida saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan stipendiatlar roʻyxati tashkilot rasmiy saytida chop etiladi.
Bogʻlanish uchun: scholarship@globalelectricity.org