×

Dunyo boʻylab: Barqaror energiya sohasida tadqiqot olib boruvchilar uchun 23 000 AQSh dollar grant; joy – 8ta!


Grant

MUHLAT

05.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1662 marta

Xalqaro Global Sustainable Electricity Partnership tashkiloti 2020-21-yil uchun 2020 Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dunyoning istalgan universitetining energetika yoʻnalishlarida barqaror energiya sohasidagi muammolarni hal etish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borishni istagan izlanuvchilarga beriladi. Grant 6-8 tagacha talabalar uchun moʻljallangan va ikki yilgacha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Energetika sohasi boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga ikki yilgacha kontrakt toʻlovi uchun 23 000 USD mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha rivojlanayotgan davlatlar vakillari ariza bera oladilar (oʻzbekistonliklar ariza topshira oladi).
  2. Dunyoning istalgan davlatida joylashga universitetlardan birining energetika boʻyicha magistratura dasturiga birinchi kursga qabul qilingan yoki oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  3. Eng yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega (kuchli 20% likka kirgan) boʻlishi zarur.
  4. Turgʻun energiya sohasi boʻyicha kuchli bilim sohibi boʻlishi lozim.
  5. Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Jamoatchilik ishlarida qatnashgan va oʻz ustida ishlashga tayyor boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish 2020-yilning yanvaridan mart oyi boshlarigacha davom etadi. Hozirda ariza berish uchun platforma yopiq va u yanvar oyida: shu yerda ochiladi.

Hujjatlar tarkibi:

  • Pasport nusxasi yoki tugʻilganlik haqida guvohnoma.
  • CV/resume.
  • Oʻqishga qabul qilinganlik haqidagi hujjat nusxasi. Agar hujjat dedlayndan keyin olinsa, 2020-yilning aprelidan kechikmay scholarship@globalelectricity.org manziliga joʻnatish kerak.
  • Oʻquv rejasi yoki dasturlar (oʻqishga qabul qilingan sohada oʻrganiladigan).
  • Diplom va diplom ilovasi (baholar varagʻi).
  • Akademik soʻrovnoma. Soʻrovnoma shakli namunasi: shu yerda.

Barcha hujjatlar ingliz tilida rasmiylashtirilishi shart. Hujjatlar tarkibi va ariza topshirish haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Grantning barcha shartlari haqida batafsil maʼlumot: shu yerda.

Nomzodlarni saralash liderlik va kommunikativ koʻnikmalari, maʼnaviy-maʼrifiy, tashkiliy ishlarda qatnashganligi, akademik malakasi va oʻqishdan tashqari faolligiga koʻra amalga oshiriladi:

Grant natijalari nomzodning akkauntida eʼlon qilinadi yoki elektron pochtasiga xat orqali xabar yuboriladi. 2020-yil may oyida saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan stipendiatlar roʻyxati tashkilot rasmiy saytida chop etiladi.

Bogʻlanish uchun: scholarship@globalelectricity.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!