×

Dunyo boʻylab: SEG Scholarships – geofizika sohasi boʻyicha barcha bosqichlar uchun 10 000 AQSh dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Istalgan davlatda

O'QILGAN

2068 marta

AQShda joylashgan The Society of Expoloration – Geophysicists (SEG) notijorat tashkiloti tomonidan ta’sis etilgan SEG Scholarships grant dasturiga 2021-yil uchun arizalar qabul qilinmoqda. Fond geofizikani tadqiq va targʻib qilish bilan shugʻullanadi va bu grantni geofizika sohasini tanlagan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ajratgan. Grantlar butun dunyo boʻylab geofizika sohasidagi bakalavriat, magistratura va doktorantura kurslariga oʻqishga kirgan yoki hujjat topshirgan qobiliyatli va umidli talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va doktorantura (boʻlajak) talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

SEG grantini yutib olgan talabaga 500 AQSh dollaridan 10 000 AQSh dollarigacha boʻlgan miqdorda pul mukofoti beriladi. Talaba bu mablagʻni oʻquv qurollari sotib olishga, konktrakt toʻlovi uchun va boshqa shu kabi harajatlar uchun yoʻnaltirishi mumkin. Oʻrtacha grant miqdori taxminan 3 700 AQSh dollarni tashkil etadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar vakillari bu grantga ariza bera oladi.
  • Nomzod bakalavr/magistratura/PhD bosqichiga hujjat topshirib, 2021-yildan oʻqishni boshlashi kutilayotgan boʻlajak talaba boʻlishi va hozirgi kunda maktab/kollej/oliygohning oxirgi kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzodning baholari a’lo boʻlishi kerak. SEG grantari eng a’lochi va eng yuqori yutuqlarga erishgan nomzodlarga beriladi.
  • Nomzod amaliy geofizika boʻyicha oʻqishni davom ettirishni rejalashtirayotgan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

SEG grantlariga arizalar 2020-yil 1-noyabrdan 2021-yil 1-martga qadar onlayn tarzda qabul qilinadi. 1-noyabrdan keyin ariza shakli: shu yerda mavjud boʻladi. Hozir qabul yopiq va u 1-noyabrda ochiladi. Ariza topshirishda nomzod baholari hamda unga tavsiyanoma berishi mumkin boʻlgan 2 nafar oʻqituvchining elektron pochta manzillarini taqdim etishi kerak boʻladi.

Ma’lumot uchun: scholarships@seg.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!