×

Dunyo boʻylab: Talabalar uchun grantar; joy – 40 ta!


Grant

MUHLAT

30.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

3524 marta

IFMA Foundation jamgʻarmasi facility management (FM) va unga yaqin yoʻnalishlar boʻyicha bakalavr (ikkinchi va toʻrtinchi bosqich) va magistratura bosqichida oʻqiyotgan talabalar uchun 2020 IFMA Foundation Scholarship grant dasturini taklif etmoqda. Dasturga dunyoning istalgan oliygohida (davlat tomonidan tan olingan) shu sohani oʻrganayotgan talabalar ariza berishlari mumkin. Grant dasturidan maqsad FM mutaxassislarining keyingi avlodini yaratish va hayotni yaxshi tomonga oʻzgartirish. Dastur doirasida 40 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan. Batafsil

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan bakalavr yoki magistratura bosqichi talabasiga 1 500 – 10 000 AQSH dollari miqdorida stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod dunyoning istalgan oliygohida (davlat tomonidan tan olingan) facility management (FM) yoki unga yaqin yoʻnalishlar boʻyicha bakalavr/magistratura bosqichiga qabul qilingan/oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzodning GPA koʻrsatkichi kamida 2/4.0 ball boʻlishi kerak.
  4. Dasturga ishlab-oʻqiydigan va faxriy (veteran) talabalarning ariza berishi qoʻllab-quvvatlanadi.
  5. Gʻolib talaba AQShning Chikago shahrida 2020-yil 30-sentabrdan 2-oktabrgacha boʻlib oʻtadigan IFMA’s World Workplace Conference and Exhibition`da qatnashishi talab etiladi.
  6. Nomzodlar aʻlo baholari, akademik yutuqlari va grantning boshqa shartlari asosida saralanadilar. Grant talablari haqida batafsil shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni

Dasturga arizalar 2020-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi. Grantga hujjat topshirish uchun nomzod 2020 IFMA Foundation Scholarship Application ariza shaklini toʻldirib, kerakli hujjatlar va passport shaklidagi rasm bilan christina.gonzales@ifma.org manziliga e-mail orqali yuborishi kerak. Ariza va hujjatlar Arial yoki Times New Roman shriftida boʻlishi, yagona PDF fayliga jamlanishi, rasm esa .jpg/.png formatida, alohida faylda boʻlishi kerak. E-mailga FAMILIYA, ISM – 2020 IFMA Scholarship Application shablonida sarlavha qoʻyilishi kerak. Masalan: “AKBAROV UMID – 2020 IFMA Scholarship Application”. E-mail yuborilganidan soʻng 24 soat ichida uning yetib borganligi haqidagi xat (confirmation letter) kelishiga ahamiyat bering.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi zarur. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlarning original tildagi nusxasi va notarial tasdiqlangan tarjimasi topshirilishi zarur. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil shu yerda bilib oling.

Natijalar 2020-yil 31-iyulda eʼlon qilinadi.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ olishingiz va savollar bilan Christina Gonzalesga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +1-281-974-5651.

E-mail: christina.gonzales@ifma.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!