×

Dunyo boʻylab: Tibbiyot sohasi boʻyicha magistratura va doktorantura uchun 120 ming funt-sterling grant!


Grant

MUHLAT

30.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1046 marta

Buyuk Britaniyadaning Wellcom Trust Fondi 2019-2020-oʻquv yili uchun International Masterʻs Fellowships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant tibbiyot sohasi boʻyicha magistratura va doktoranturada tahsil olishni istagan talabalari uchun moʻljallangan. Grant 12 oy (1 yil) muddat kunduzgi oʻqish va 18 oy (1,5 yil) tadqiqot ishlarini olib borish uchun, jami: 30 oy (2,5 yil)ga ajratiladi.

Wellcom Trust Fondi dunyo davlatlarida mavjud boʻlgan turli kasalliklarni davolash, bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilarni moddiy ragʻbatlantirish bilan shugʻullanadi.

Grant tibbiyotning quyidagi tarmoqlari vakillariga beriladi:

  1. Genetics and molecular science.
  2. Cellular and developmental science.
  3. Neuroscience and mental health. .
  4. Infection and immuno-biology.
  5. Psychology.
  6. Population health.

Grant kimlar uchun?

Tibbiyot boʻyicha magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga International Masterʻs Fellowships dasturi oʻqish, turar joy, stipendiya kabi harajatlar uchun jami 120 000 funt-sterlinggacha mablagʻ ajratadi.

Nomzod oʻqiyotgan universitet Buyuk Britaniyada boʻlsa, Londondan tashqaridagi oliygohlar uchun yiliga 15 000 funt-sterling, Katta London hududidagi universitetlarga 17 000 funt-sterling stipendiya beriladi. Agar universitet Buyuk Britaniyadan tashqarida boʻlsa, oliygoh joylashgan davlatda yashash va boshqa xarajatlarni surishtirish kerak. Stipendiya shunga qarab ajratiladi. Stipendiya miqdori oʻzgarishi ham mumkin.

Talablar:

  1. Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
    1. Barcha rivojlanayotgan davlatlar (Hindistondan tashqari) vakillari ushbu grantga ariza bera oladilar (Oʻzbekiston kiradi).
    2. Nomzod taqdim etayotgan loyiha rivojlanayotgan davlatlardan biri, masalan, Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash tizimiga qaratilishi kerak.
    3. Nomzodning rivojlanayotgan davlatlardan birida homiysi boʻlishi (masalan, tadqiqot olib borayotgan vaqtda Oʻzbekistondagi biror bir xomiydan oylik olishi) kerak.
    4. Nomzod tadqiqotni yaqinda boshlagan boʻlishi (ammo ilmiy ishga qiziqishini koʻrsata olishi kerak) talab etiladi.
    5. Nomzod tegishli mutaxassislik boʻyicha bakalavr yoki magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.

    Kimlar ariza bera olmaydi:

    1. Tadqiqot olib borish joyi sifatida Buyuk Britaniya, Irlandiya yoki boshqa rivojlangan davlatlarni tanlaganlar ariza bera olmaydi.
    2. MRes dasturida oʻqimoqchi boʻlganlar hujjat topshirishga haqli emas.
    3. Hindistondagi tadqiqotchilar ariza topshira olmaydi. Ularga mana bu grant tegishli.
    4. Hozirda Wellcome Trustning yana boshqa stipendiyasiga ariza berayotganlar dasturda qatnasha olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish onlayn tarzda Wellcome Trust (WTGT) trekerida roʻyxatdan oʻtish orqali amalga oshiriladi. Roʻyxatdan oʻtishdan avval yoʻriqnoma bilan tanishib chiqish va unga qatʼiy amal qilish kerak. Dedlayn – 2019-yil 30-avgust.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Wellcome Trust (WTGT) trekeri orqali ariza topshiring. Ariza toʻldirish uchun namunadan foydalaning.
  2. Qabul qiluvchi tashkilot arizani koʻrib chiqadi va Wellcome Trustga joʻnatadi. Arizani tekshirishga toʻrt oygacha vaqt ketishi mumkin. Agar nomzod grantda qatnashishi mumkin boʻlmasa, unga bu haqida xabar beriladi.
  3. Ilmiy tahlil. Xalqaro Intervyu tashkiloti arizangizni koʻrib chiqadi va yakuniy qarorni qabul qiladi.

Taxminiy hujjatlar tarkibi:

  • Bakalavr yoki magistr diplomi. Albatta tanlangan sohaga tegishli boʻlishi kerak.
  • Diplom ilovasi/baholar varagʻi.
  • CV/resume.
  • Tadqiqot rejasi/research proposal.
  • Kutilayotgan natijalar haqida esse.
  • Agar nomzod nogiron boʻlsa, tashkilot ariza topshirish vaqtida uni qoʻllab-quvvatlaydi.

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqot obyektining sifati va dolzarbligi, muammoni yechishga yondashuvi, muammoning tadqiqot muhitiga mosligi, tanlangan kurs (MSc) ning talabga javob berishi kabi mezonlariga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar 2019-yilning noyabr oyida eʼlon qilinadi;

Bogʻlanish uchun:

Grant boʻyicha savollar tugʻilganda: +44 (0)20 7611 5757

Onlayn murojaat: shu yerda.

Elektron pochta: gtsupport@wellcome.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!