×

Turli davlatlarda tibbiyot bo’yicha magistraturada o’qish va 1.5 yil tadqiqot uchun grant – barcha xarajatlar qoplanadi, oylik maosh va stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

01.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

5580 marta

Buyuk Britaniyadaning Wellcome Trust Fondi 2021-2022-oʻquv yili uchun International Masterʻs Fellowships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant tibbiyot sohasi boʻyicha magistraturada tahsil olish va tadqiqot orqali bilimlarini mustahkamlashni istagan talabalari uchun moʻljallangan. Grant 12 oy (1 yil) muddat kunduzgi oʻqish va 18 oy (1,5 yil) tadqiqot ishlarini olib borish uchun, jami: 30 oy (2,5 yil)ga ajratiladi. Bunda nomzod dunyodagi istalgan oliy ta’lim muassasasida 12 oylik magistratura kursini tamomlagach, o’rtacha daromadi past yoki o’rttacha hisoblangan davlatlardan biridagi tadqiqot muassasasida tadqiqot olib borishi nazarda tutiladi.

Wellcome Trust Fondi dunyo davlatlarida mavjud boʻlgan turli kasalliklarni davolash, bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilarni moddiy ragʻbatlantirish bilan shugʻullanadi.

Grant tibbiyotning quyidagi tarmoqlari vakillariga beriladi:

  1. Genetics and molecular science.
  2. Cellular and developmental science.
  3. Neuroscience and mental health. .
  4. Infection and immuno-biology.
  5. Psychology.
  6. Population health.

Grant kimlar uchun?

Tibbiyot boʻyicha magistratura oʻqish va tadqiqot olib xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga International Masterʻs Fellowships dasturi  jami 120 000 funt-sterlinggacha mablagʻ ajratadi. Bu mablag’ quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Agar talaba dasturga qabul qilinishdan oldin ma’lum muassasada ishlagan bo’lsa, unga o’z oyligi miqdoridagi mablag’ 30 oy uchun hisoblab, qoplab beriladi.
  • Dastur ishtirokchisining magistraturada o’qish, turar joy. oziq-ovqat, shaxsiy xarajatlar, transport kabi xarajatlarini to’liq qoplash uchun mablag’ ajratiladi.
  • Dastur ishtirokchisi magistraturani tamomlab, tadqiqot qilishni boshlaganda, u tadqiqot olib borayotgan muassasa tomonidan unga oylik maosh belgilanishi kerak. Grant dasturi ishtirokchiga to’lanadigan oylik maosh va boshqa moddiy to’lovlarni o’z zimmasiga olishi mumkin.
  • Ishtirokchining tadqiqot muassasasi hududiga ko’chib o’tishi uchun 1000 funt sterlinggacha mablag’ berilishi mumkin (agar zarur bo’lsa).
  • Ishtirokchining o’qish va tadqiqot qilishi uchun kerak bo’ladigan boshqa mayda xarajatlar ham qoplab beriladi.
  • Ishtirokchiga shularning barchasi uchun qancha mablag’ berilishi u o’qiydigan va tadqiqot olib boradigan davlatga qarab belgilanadi. Ishtirokchi oʻqiyotgan universitet Buyuk Britaniyada boʻlsa, Londondan tashqaridagi oliygohlar uchun yiliga 15 000 funt-sterling, Katta London hududidagi universitetlarga 17 000 funt-sterling stipendiya beriladi. Agar universitet Buyuk Britaniyadan tashqarida boʻlsa, oliygoh joylashgan davlatda yashash va boshqa xarajatlarni surishtirish kerak. Stipendiya shunga qarab ajratiladi. Stipendiya miqdori oʻzgarishi ham mumkin.

Talablar:

  1. Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
    1. Barcha rivojlanayotgan davlatlar (low and middle- income countries – Hindistondan tashqari) vakillari ushbu grantga ariza bera oladilar. O’zbekiston fuqarolari ham hujjat topshirishlari mumkin.
    2. Nomzod taqdim etayotgan loyiha rivojlanayotgan davlatlardan biri, masalan, Oʻzbekistonning sogʻliqni saqlash tizimiga qaratilishi kerak.
    3. Nomzodning rivojlanayotgan davlatlardan birida homiysi boʻlishi (masalan, tadqiqot olib borayotgan vaqtda Oʻzbekistondagi biror bir xomiydan oylik olishi) kerak.
    4. Nomzod tadqiqotni yaqinda boshlagan boʻlishi (ammo ilmiy ishga qiziqishini koʻrsata olishi kerak) talab etiladi.
    5. Nomzod tegishli mutaxassislik boʻyicha bakalavr yoki magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.

    Kimlar ariza bera olmaydi:

    1. Tadqiqot olib borish joyi sifatida Buyuk Britaniya, Irlandiya yoki boshqa rivojlangan davlatlarni tanlaganlar ariza bera olmaydi.
    2. MRes dasturida oʻqimoqchi boʻlganlar hujjat topshirishga haqli emas.
    3. Hindistondagi tadqiqotchilar ariza topshira olmaydi. Ularga mana bu grant tegishli.
    4. Hozirda Wellcome Trustning yana boshqa stipendiyasiga ariza berayotganlar dasturda qatnasha olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn tarzda bu yerda beriladi. Roʻyxatdan oʻtishdan avval yoʻriqnoma bilan tanishib chiqish va unga qatʼiy amal qilish kerak. Dasturga arizalarni 2020-yil 1-sentyabrga qadar topshirish mumkin.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Bu yerda ariza topshiring. Ariza toʻldirish uchun namunadan foydalaning.
  2. Ariza berilgach, qabul qiluvchi tashkilot arizani koʻrib chiqadi va Wellcome Trustga joʻnatadi. Arizani tekshirishga toʻrt oygacha vaqt ketishi mumkin. Agar nomzod grantda qatnashishi mumkin boʻlmasa, unga bu haqida xabar beriladi.
  3. Ilmiy tahlil. Xalqaro Intervyu tashkiloti arizangizni koʻrib chiqadi va yakuniy qarorni qabul qiladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Bakalavr yoki magistr diplomi. Albatta tanlangan sohaga tegishli boʻlishi kerak.
  • Diplom ilovasi/baholar varagʻi.
  • CV/resume.
  • Tadqiqot rejasi/research proposal.
  • Kutilayotgan natijalar haqida esse.
  • Agar nomzod nogiron boʻlsa, tashkilot ariza topshirish vaqtida uni qoʻllab-quvvatlaydi.

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqot obyektining sifati va dolzarbligi, muammoni yechishga yondashuvi, muammoning tadqiqot muhitiga mosligi, tanlangan kurs (MSc) ning talabga javob berishi kabi mezonlariga asosan amalga oshiriladi.

Bogʻlanish uchun:

Grant boʻyicha savollar tugʻilganda: +44 (0)20 7611 5757

Agar grantni yutib olish uchun tanlanadigan tadqiqot mavzulari haqida savollaringiz bo’lsa, tashkilotchilarga xabar yuboring.

Onlayn murojaat: shu yerda.

Elektron pochta: gtsupport@wellcome.ac.uk

Rasmiy bog'lanish ma'lumotlari:

+44 (0)20 7611 5757

Grantni yutib olgan talabalar haqida o’qishni xohlaysizmi? Bu yerda International Master’s Fellowship grantlarini yutib olgan tadqiqotchilar bilan tanishishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!