×

Dunyo boʻylab: Tibbiyot sohasida magistratura uchun 120 ming funt-sterling grant!


Grant

MUHLAT

24.08.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

7617 marta

Buyuk Britaniyadaning Wellcom Trust Fondi 2021-22-oʻquv yili uchun International Masterʻs Fellowships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant tibbiyot sohasi boʻyicha magistraturada tahsil olishni istagan talabalari uchun moʻljallangan. Grant 30 oyga beriladi.

Grant 12 oy (1 yil) muddat kunduzgi oʻqish va 18 oy (1,5 yil) tadqiqot ishlarini olib borish uchun, jami: 30 oy (2,5 yil)ga ajratiladi.

Wellcom Trust Fondi dunyo davlatlarida mavjud boʻlgan turli kasalliklarni davolash, bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilarni moddiy ragʻbatlantirish bilan shugʻullanadi.

Grant kimlar uchun?

Tibbiyot boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

International Masterʻs Fellowships dasturi oʻqish, turar joy, stipendiya kabi harajatlar uchun jami 120 000 funt-sterling mablagʻ ajratadi.

Nomzod oʻqiyotgan universitet Buyuk Britaniyada boʻlsa, yiliga 15 000 funt-sterling (Londondan tashqarida), 17 000 funt-sterling (Katta Londonda boʻlsa) stipendiya beriladi. Agar universitet Buyuk Britaniyadan tashqarida boʻlsa, oliygoh joylashgan davlatda yashash va boshqa xarajatlarni surishtirish kerak. Stipendiya shunga qarab ajratiladi.

Shuningdek, COVID-19 pandemiyasi tufayli loyiha egalariga qo’shimcha imtiyozlar beriladi. Bu haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha rivojlanayotgan davlatlar vakillari ushbu grantga ariza bera oladilar (Oʻzbekiston kiradi).
  2. Nomzod taqdim etayotgan loyiha daromad darajasi past yoki oʻrtacha davlatlardan biri (masalan, Oʻzbekiston)ning sogʻliqni saqlash tizimiga qaratilishi kerak.
  3. Rivojlanayotgan davlatlardan birida homiysi boʻlishi (masalan, tadqiqot olib borayotgan vaqtda Oʻzbekistondagi biror bir xomiydan oylik olishi) kerak.
  4. Tadqiqotni yaqinda boshlagan boʻlishi (ammo ilmiy ishga qiziqishini koʻrsata olishi kerak) talab etiladi.
  5. Tanlagan mutaxassislik boʻyicha bakalavr yoki magistr diplomi boʻlishi zarur.

Kimlar ariza bera olmaydi:

  1. Tadqiqot olib borish joyi sifatida Buyuk Britaniya, Irlandiya yoki boshqa daromad darajasi yuqori davlatlar tanlaganlar bu grantga hujjat topshira olmaydi.
  2. MRes dasturida oʻqimoqchi boʻlganlar ariza berishi mumkin emas.
  3. Hindistondagi tadqiqotchilar ariza bera olmaydi. Ularga mana bu grant tegishli.
  4. Hozirda Wellcome Trustning yana bitta stipendiyasiga ariza berayotganlar bu dasturda qatnasha olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 13-aprel (bahorgi qabul) va 24-avgustga qadar (yozgi qabul) qabul qilinadi. Ariza topshirish onlayn tarzda Wellcome Trust (WTGT) trekerida roʻyxatdan oʻtish orqali amalga oshiriladi. Roʻyxatdan oʻtishdan avval yoʻriqnoma bilan tanishib chiqish va unga qatʼiy amal qilish kerak.

  1. Wellcome Trust (WTGT) trekeri orqali ariza topshiring. Ariza toʻldirish uchun namunadan foydalaning.
  2. Qabul qiluvchi tashkilot arizani koʻrib chiqadi va Wellcome Trustga joʻnatadi. Arizani tekshirishga toʻrt oygacha vaqt ketishi mumkin. Agar nomzod grantda qatnashishi mumkin boʻlmasa, unga bu haqida xabar beriladi.
  3. Ilmiy tahlil. Xalqaro Intervyu Qo’mitasi arizangizni koʻrib chiqadi va yakuniy qarorni qabul qiladi.

Taxminiy hujjatlar tarkibi:

  • sohaga tegishli bakalavr yoki magistr diplomi.
  • baholar varagʻi.
  • CV.
  • tadqiqot rejasi.
  • kutilayotgan natijalar haqida esse.

Agar nomzod nogiron boʻlsa, tashkilot ariza topshirish vaqtida uni qoʻllab-quvvatlaydi.

Nomzodlarni saralash ularning quyidagi mezonlariga asosan amalga oshiriladi:

  • tadqiqot obyektining sifati va dolzarbligi;
  • muammoni yechishga yondashuvi;
  • muammoning tadqiqot muhitiga mosligi;
  • tanlangan kurs (MSc) ning talabga javob berishi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!