×

Dunyo boʻylab: Tish shifokorlari uchun trening dasturi; til sertifikati talab qilinmaydi, stipendiya – 27 174 yevro; joy – 25ta!


Grant

MUHLAT

30.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

3475 marta

Xalqaro International Team for Implantology (ITI) tashkiloti – implantatsiya stomatologiyasi (implantation dentistry)  sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning yirik birlashmasi hisoblanadi. Dunyo boʻylab 22 universitetda Assotsatsiyaga tegishli jami 26 ta stomatologiya markazi mavjud boʻlib, bu yerda stomatologiya tadqiqot va amaliyoti olib boriladi.

ITI tomonidan tashkil etilgan The ITI Scholarship Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur dunyo boʻylab barcha mamlakatlardan boʻlgan inplantatsiya stamatologlariga ITIga tegishli markazlarda biy yillik amaliyot dasturida boʻlib, bilim va tajribalarini oshirish imkonini beradi. ITI’ning stomatologiya markazlari dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan, stomatologlar esa oʻzlari tanlagan davlatda amaliyot oʻtashlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Tish davolovchi shifokorlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

ITI Scholarship Program dasturiga har yili 25 nafar mutaxassis qabul qilinadi va ularning barchasiga bir yil davomida yashash xarajatlariga yoʻnaltirish uchun grant beriladi. Grant labaratoriya joylashgan davlatdan kelib chiqib mahalliy pul birligida toʻlanadi. Stipendiyaning umumiy qiymati taxminan 30 000 CHF (taxminan 27 174 yevro) ga teng boʻladi, lekin uning aniq miqdori mahalliy pul birliklari va narxlardan kelib chiqib belgilanadi. Turli davlatlarda joylashgan markazlarda amaliyot olib boruvchilarga qancha miqdorda stipendiya berilishini shu yerdan koʻrishingiz mumkin.

Valyuta kursiga qarab berilgan ma’lumotlar oʻzgarishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod Stamatologik Jarrohlik (Stomatologiya) yoʻnalishi boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ilmiy darajasini olgandan soʻng turli klinikalarda kamida 2 yil davomida stomatologiya boʻyicha ish tajribasi orttirgan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod bilimga va oʻrgatishga chanqoq boʻlishi kerak.
  5. ITI birlashmasining jami 26 ta stamatologik markazlari Avtraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Gong Kong, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Meksika, Gollandiya, Serbiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya va AQShda joylashgan. Nomzod qaysi davlatdagi markazda amaliyot oʻtamoqchi boʻlsa, shu davlat tilini yaxshi bilishi talab etiladi. Ariza topshirish vaqtida nomzoddan til bilish darajasini isbotlovchi sertifikat talab qilinmaydi, lekin ba’zi markazlarga sertifikat taqdim etish zarur.

Shu yerda ITI stomatologiya markazlari roʻyxati va shartlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish shu yerda 2020-yil 31-maydan 30-iyungacha amalga oshiriladi.

Ariza topshirishda kerakli hujjatlar:

  1. Passport nusxasi.
  2. Ingliz tilida motivatsion xat. Xat PDF formatida, 2 sahifa hajmda boʻlishi kerak. Hujjat tayyor boʻlgach, nomzod uni imzolab, keyin topshirishi zarur.
  3. Qoʻlda imzolangan 2 ta tavsiyanoma (ingliz tilida). Tavsiyanomalarda tavsya beruvchining elektron pochta manzili ham koʻrsatilishi kerak.
  4. Passport hajmidagi fotosurat.
  5. Til sertifikati (majburiy emas).

Barcha hujjatlar PDF formatida boʻlishi kerak. Dasturda ishtirok etgan mutaxassislar fikrlari bilan shu yerda tarnishing.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun: savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz yoki +41 61 207 83 83 raqami va scholarship@iti.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!