×

Edinburgh Global Online Learning Masters Scholarships: magistraturani Edinburg universitetida onlayn oʻqish uchun 20 ta toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

03.06.2024

QOLGAN VAQT

39 kun

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

7310 marta

Buyuk Britaniyaning Edinburg universiteti magistratura bosqichini onlayn oʻqishni istovchilar uchun Edinburgh Global Online Learning Masters Scholarships dasturini taklif qiladi. Dastur asosan eng kam rivojlanayotgan, kam yoki oʻrta daromadli mamlakat talabalarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Bu dasturga ariza topshira olish uchun nomzodlar avval Edinburg universitetining biror onlayn magistrlik dasturida 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab sirtqi taʼlim (part-time) shaklida oʻqish uchun qabul qilingan boʻlishi kerak. Onlayn magistrlik dasturlari roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

Dastur doirasida 20 nafar talabaga grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Maʼlumot uichun: Edinburg universiteti dunyodaning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2024-yil aprel oyi holatiga koʻra, bu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 22-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistraturani onlayn oʻqimoqchi boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu grantni qoʻlga kiritganlar magistrlik kursi uchun toʻlovni (tuition fee) toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi. Grant butun oʻqish davri uchun amal qiladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturga eng kam rivojlangan, kam yoki oʻrta daromadli ushbu roʻyxatdagi mamlakat fuqarolari ariza berishi mumkin. Bu roʻyxatda Oʻzbekiston, Tojikiston va Afgʻoniston kabi davlatlar mavjud.
  • Nomzod universitetning onlayn magistrlik kurslaridan biriga sirtqi taʼlim (part-time) shaklida oʻqish uchun ariza topshirgan boʻlishi/topshirishi va qabul qilingan boʻlishi/qabul qilinishi shart.
  • Til bilish darajasi talabi magistrlik dasturiga qarab farq qiladi. Kamida IELTS 6,5 (har bir boʻlim boʻyicha kamida 6.0) darajada bilishi kerak.
  • Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi kerak. Oʻzbekistonlik talabalar uchun GPA (baholarning oʻrtachasi) 5 ballik tizimda kamida 4 boʻlishi lozim. Batafsil BU YERDA tanishing.
  • Magistrlik darajasiga ega boʻlmagan nomzodlarga ustunlik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Yuqorida aytilganidek, dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar avval onlayn magistrlik kurslaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi/topshirishi va qabul qilingan boʻlishi/qabul qilinishi kerak. Onlayn magistrlik kurslariga arizalar 2024-yilning avgust oyigacha qabul qilinadi. Onlayn magistrlik kursiga ariza topshirish uchun BU YERDA oʻzingizga kerakli kurs sahifasiga kirib, “Apply” tugmasining chap tarafidagi maydonda “9 September 2024” satrini tanlang va “Apply” tugmasini bosing.

Bu grantning oʻzi uchun esa nomzodlar Oʻzbekiston vaqti bilan 2024-yil 3-iyungacha ariza topshirishi mumkin. Grantga ariza shakli universitetdaning MyEd portalidagi EUCLID boʻlimida joylashgan (magistrlik dasturiga ariza topshirilganda yaratilgan login va parol bilan kiring).

Grantlar akademik koʻrsatkichlar va yozilgan shaxsiy bayon (Personal Statement) asosida ajratiladi.

ESLATMA: grant ariza portaliga kirish va ariza jarayonini yakunlash uchun 5 ish kuni vaqti kerak boʻladi. Hujjatlarni tayyorlash va ariza yuborishni ertaroq boshlashni tavsiya qilamiz.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!