×

Edith Cowan University: barcha bosqich talabalariga turar joy uchun 50 foizgacha grant; joy – 40 ta!


Grant

MUHLAT

30.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1477 marta

Avstraliyaning Edith Cowan University International Accommodation Scholarship 2019 dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetning bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlari talabalari uchun moʻljallangan. Grant chet ellik talabalarni Avstraliyada yashashlarida qulaylik yaratish maqsadida tashkil qilingan. Grant 40 nafar talabaga bir yil muddatga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqich talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetda oʻqish davrida yashash uchun oliygohning toʻrt kampusidan birini tanlaydi. Turar joyni tanlash kampuslarda joylashgan fakultet va bosqichlar bilan bogʻliq. Mount Lawley campusining 5-6 kishilik villalarida yashash haqi bir yilga taxminan 507 AQSH dollari. Talaba talabalar turar joyida yashash uchun 44 yoki 22 haftaga pul toʻlaydi. Grant yutib olgan talabaga esa bir yillik yotoqxona pulining 50 foizi toʻlab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekistonlik fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavr, magistratura yoki doktorantura kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod ariza topshirayotgan vaqtida quyidagilardan biriga mos
  • Avstraliya hukumati yoki boshqa biror homiylik tashkilotidan stipendiya olmayotgan boʻlishi kerak.
  • Stipendiya universitetning Mount ECU Village Campus ECUning 5-6 yotoqxonali kvartirasida yashashga ariza bergan talabalarga Shartnoma 22 haftaga tuzilgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ECU Joondalup yoki ECU Mount Lawley kampuslaridan birida oʻqishi kerak.
  • Nomzod viza talablariga mos boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod grant uchun berilgan pulni faqat yotoqxona toʻlovini amalga oshirishga sarflay oladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun bakalavr, magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga ariza topshirish kerak.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

Masalan, Bachelor of Science (Mathematics) Honours kursiga ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab, kurslar roʻyxatidan “Bachelor of Science (Mathematics) Honourskursini topamiz.
  2. Entry requirements sahifasida umumiy maʼlumotlar bilan tanishamiz.
  3. Fees & Scholarships” Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi ham koʻrsatilgan.
  4. Apply yozuvini bosib, ariza toʻldiramiz. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Ariza.
  2. Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.5, barcha boʻlimlardan kamida 6,0). Til bilish darajasi tanlangan kursga koʻra farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan ingliz tiliga qoʻyiladigan talablarni aniqlab olamiz.
  4. Diplom va diplom ilovasi (texnika yoki muhandislik boʻyicha bakalavr diplomi talab qilinadi). Kirish talablari sahifasida diplom va diplom ilovasiga qoʻyiladigan talab turli davlatlar boʻyicha turlicha. Ammo sahifada berilgan davlatlar roʻyxatida Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Oʻzbekistonlik talabalar uchun hujjatlar tarkibi boʻyicha qoʻshimcha savollarni aniqlash uchun kurs sahifasida koʻrsatilgan manzil va telefonga murojaat qilish kerak.
  5. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa). Ayrim hollarda talabadan kamida 1 yoki 2 yillik kasbiy ish tajribasi talab qilinishi mumkin. Bu haqida maʼlumotni kurs sahifasidan yoki koʻrsatilgan kontaktlar orqali aniqlaymiz.

*Hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Shuningdek, hujjatlarni iloji boricha erta topshirishga harakat qiling.

Grantga ariza berish.

Kursga hujjat topshirgan va yotoqxonada yashashga ehtiyoji bor har bir chet ellik talaba grantga ariza bera oladi. Buning uchun ECU Village sahifasi kirish va “apply now” yozuvini bosish orqali ariza toʻldirish kerak. Stipendiya komissiyasi nomzodlar ichidan 40 ta eng mosini tanlab oladi.

Nomzodlar yotoqxonaga ehtiyoji borligi, moddiy yordamga muhtojligi, aʼlo baholari, ijtimoiy faolligi kabilarga asosan saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Telefon: +61 8 6304 0000

Elektron pochta: international.parternships@ecu.edu.au .

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!