×

Edith Cowan University: magistratura uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1508 marta

Avstraliyaning Edith Cowan University Postgraduate Petroleum Engineering Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur Engineering fakultetining Petroleum Engineering mutaxassisliklari talabalari uchun moʻljallangan. Grant oʻqish muddati tugaguncha beriladi.

Universitetning Maunt Louli, Jundalup va Janubi-gʻarbiy kampuslari mavjud. Grant universitetning Joondalup kampusida oʻqitiladigan quyidagi magistratura kurslari talabalariga beriladi:

  • Graduate Diploma in Petroleum Engineering (J69)
  • Master of Engineering (Petroleum Engineering specialization) (I59)
  • Master of Technology (Petroleum Engineering) (J70).

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba Petroleum Engineering kurslarida oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha har bir kreditga kontrakt puli toʻlaydi. Umumiy toʻlov tanlangan fanlardan yigʻish kerak boʻlgan kreditlar soniga qarab aniqlanadi. Masalan, Master of Engineering kursidan bir yilga umumiy 120 kredit toʻplash kerak. Shunga qarab bir yillik kontrakt taxminan 19755 AQSH dollarini tashkil etadi.

Grant yutib olgan chet ellik nomzod oʻqishni tugatguncha kontrakt pulining 20 foizi toʻlab beriladi. Grant to`lovni qisman qoplaydi, shuning uchun talaba kontrakt pulining qolgan qismi va yashash, ovqatlanish, tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekistonlik fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod grantga ariza topshirayotgan paytda Avstraliyada yashamayotgan va oʻqimayotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod koʻrsatilgan magistratura mutaxassisligida 1 yoki 2-semestr kunduzgi boʻlimida oʻqishi kerak.
  • Agar nomzod bakalavr bosqichini Avstraliyada tugatgan boʻlsa, grantga shu muddatdan kamida 6 oy keyin ariza berishi mumkin.
  • Avstraliya hukumatidan stipendiya olmayotgan boʻlishi kerak.
  • Universitetdan boshqa stipendiya olmayotgan boʻlishi lozim.
  • Beriladigan stipendiya faqat kontrakt pulini toʻlashga ishlatilishi mumkin.
  • Nomzod grant yutib olgan davrda oʻqishini boshqa universitetga koʻchira olmaydi.
  • Nomzodning oʻqishi koʻpi bilan bir semestrga surilganda stipendiya saqlanadi.
  • Stipendiya universitetning Joondalup kampusidan boshqa kampuslariga yoki Gʻarbiy Avstraliyaning boshqa universitetlariga koʻchirilmaydi.
  • Nomzod kotnrakt toʻlovini koʻrsatilgan muddatda toʻlashi kerak, aks holda stipendiya bekor qilinadi.
  • Nomzod universitet imijini koʻtaruvchi reklama va boshqa maqsaddagi tadbirlarda qatnashishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun Master of Engineering kurslaridan biriga ariza topshirishning oʻzi kifoya. Kursga hujjat topshirgan har bir chet ellik talaba grantga talabgor hisoblanadi.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

Masalan, Master of Engineering (Petroleum Engineering specialization) (I59) kursiga ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab, kurslar roʻyxatidan “Master of Engineering (Petroleum Engineering specialization) (I59) kursini topamiz.
  2. Entry requirements sahifasida umumiy maʼlumotlar bilan tanishamiz.
  3. Fees & Scholarships” Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi ham koʻrsatilgan.
  4. Apply yozuvini bosib, ariza toʻldiramiz. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Ariza.
  2. Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.5, barcha boʻlimlardan kamida 6,0). Til bilish darajasi tanlangan kursga koʻra farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan ingliz tiliga qoʻyiladigan talablarni aniqlab olamiz.
  4. Diplom va diplom ilovasi (texnika yoki muhandislik boʻyicha bakalavr diplomi talab qilinadi). Kirish talablari sahifasida diplom va diplom ilovasiga qoʻyiladigan talab turli davlatlar boʻyicha turlicha. Ammo sahifada berilgan davlatlar roʻyxatida Oʻzbekiston koʻrsatilmagan. Oʻzbekistonlik talabalar uchun hujjatlar tarkibi boʻyicha qoʻshimcha savollarni aniqlash uchun kurs sahifasida koʻrsatilgan manzil va telefonga murojaat qilish kerak.
  5. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa). Ayrim hollarda talabadan kamida 1 yoki 2 yillik kasbiy ish tajribasi talab qilinishi mumkin. Bu haqida maʼlumotni kurs sahifasidan yoki koʻrsatilgan kontaktlar orqali aniqlaymiz.

*Hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Shuningdek, Hujjatlarni iloji boricha erta topshirishga harakat qiling.

Nomzodlar aʼlo baholari, ish tajribasi, texnika va injenerlik boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan soʻng tez fursatda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Telefon: +61 8 6304 0000

Elektron pochta: international.parternships@ecu.edu.au .

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!