×

EducationUSA markazidan 15-17 yoshlilar uchun AQSH universitetlariga hujjat topshirish boʻyicha bepul onlayn tayyorlov dasturi!


Grant

MUHLAT

19.09.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

6958 marta

Toshkentdagi EducationUSA markazi AQSH universitetlariga hujjat topshirish boʻyicha tayyorlov dasturiga arizalar qabuli boshlanganini eʼlon qildi (dasturning inglizcha nomi: EducationUSA Virtual College Prep Club (VCPC) 2023-24).

Dasturga AQSH universitetlarida tahsil olishga qiziquvchi 9-11-sinf oʻquvchilari (kollej/litsey oʻquvchilari ham) ariza topshirishi mumkin.

Bu dastur AQSH davlat departamenti tomonidan tashkil etilgan EducationUSA tarmogʻining Oʻzbekistondagi rasmiy markazi (EducationUSA Uzbekistan) tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Dasturning maqsadi – yuqori sinf oʻquvchilariga AQSH universitetlari uchun arizalarni imkon qadar mukammal tarzda tayyorlashga yordam berishdir.

Ushbu dastur mashgʻulotlari 2023-yil oktabr oyidan 2024-yil may oyigacha toʻliq onlayn tarzda (Zoom, Google Meets orqali) oʻtkaziladi. Haftasiga 4-5 soat dars oʻtiladi.

 

Grant kimlar uchun?

15-17 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga ariza berish va unda qatnashish mutlaqo bepul.

Dastur davomida ishtirokchilar quyidagilar haqida batafsil maʼlumot oladi va oʻrganadi:

  • AQSH universitetlariga ariza topshirish jarayoni
  • Oʻqishingizni moliyalashtirish (grant olish) yoʻllari
  • TOEFL va SAT imtihonlarini topshirish koʻnikmalari
  • Akademik ingliz tilida yozish
  • Karyerani rivojlantirish
  • Ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirish

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Oʻzbekiston fuqarosi boʻlish kerak.
  • 15-17 yosh boʻlish kerak.
  • Maktabning 9-11 sinf oʻquvchisi yoki kollej/litsey oʻquvchisi boʻlish kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak (IELTS 5.5 yoki undan yuqori).
  • AQSH oliy taʼlim muassasalariga ariza topshirishga qiziqish kerak.
  • Onlayn darslarda faol qatnashish masʼuliyatini zimmasiga ola biladigan intizomli oʻquvchi boʻlish kerak.
  • Barqaror yuqori akademik koʻrsatkichlarga (yutuqlarga) ega boʻlish kerak; bular olingan baholar va erishilgan yutuqlar orqali koʻrsatib beriladi.
  • Darslarga 100% qatnashish talab etiladi.
  • Onlayn dasrlarda qatnashish uchun barqaror internet aloqasiga ega boʻlish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 18-sentabr 18:00 gacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin. Ariza ingliz tilida toʻldirilishi kerak.

Arizani toʻldirish jarayonida soʻralgan maʼlumotlarni kiritish va quyidagi mavzuda 500 soʻzdan oshmaydigan insho yozish talab etiladi: “Why do you want to participate in EducationUSA Virtual College Prep Club and what do you hope to gain from the experience?”.

Saralash yakunlangach, dastur tashkilotchilar faqat dasturda qatnashish uchun qabul qilinganlar bilan bogʻlanadi.

Savollar yuzasida quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: Tashkent@educationusa.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!