×

Buyuk Britaniya: Barcha bosqichlarda o’qish uchun grantlar!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

28009 marta

Buyuk Britaniyada joylayshgan Edge Hill universiteti (Edge Hill University – EHU) talabalarga universitetda o’qishni moddiy jihatdan yengillashtirish maqsadida moddiy ta’minot dasturini tashkil etgan. Dastur tarkibida bir nechta maxsus grantlar bo’lib, ular doirasida talabalarni rag’batlantirish uchun turli miqdordagi pul mablag’lari eng munosib deb topilgan talabalarga taqdim etiladi. Quyida shu grantlarning ba’zilari haqida ma’lumotga ega bo’lasiz. EHU’da o’qitiladigan barcha kurslar haqida batafsil ma’lumot bu yerda berilgan.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Moddiy ta’minot dasturida aynan xalqaro talabalar uchun quyidagi grantlar mavjud:

  1. International foundation scholarship. Bu grant Buyuk Britaniya ta’lim tizimi bo’yicha level 3 hisoblangan, ya’ni bakalavr darajasidan oldin umumiy bir yil o’qitiladigan kurslar uchun ajratiladi. Grant talabaning baholaridan kelib chiqib ajratiladi va qiymati 1 200 funt sterlingga teng. Agar bu grant taqdim etilgan talaba keyingi bosqich, ya’ni bakalavrga muvaffaqqiyatli o’tsa, bakalavr kursining birinchi yili uchun unga yana 3 975 funt sterling to’lab beriladi.
  2. Undergraduate development scholarship. Bu grant qiymati ham 1 200 funt sterlingga teng bo’lib, u bakalavr darajasiga endi qabul qilingan talabalar uchun mo’ljallangan.
  3. Pre-master scholarship. Bu grant Universitetning Pre-master kursiga qabul qilingan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, qiymati 2000 funt sterlingni tashkil qiladi. Agar bu grantni yutib olgan talaba keyingi bosqich, ya’ni magistraturaga muvaffaqqiyatli o’tsa, unga yana 3 800 funt sterling to’lab beriladi.
  4. Postgraduate excellence scholarship. Bu grant magistratura yoki MBA kursiga endi qabul qilingan a’lochi talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, qiymati 3 800 funt sterlingga teng.
  5. International acievement scholarship. Bu grant EHU’da o’qishni boshlab bo’lgan va o’qish davomida kamida 70% natija ko’rsatgan talabalar uchun beriladi, qiymati esa 2 000 funt sterlingga teng.
  6. PhD Scholarship. Bu grant EHU’ning PhD kurslariga endi qabul qilingan talablar uchun mo’ljallangan bo’lib, grantga eng munosib deb topilgan talabaning kontraktiga 3 800 funt sterling chegirma qilinadi.
  7. Universitet bo’ylab boshqa umumiy grantlar ham mavjud bo’lib, ular bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

EHU’dagi kurslar uchun kontrakt to’lovlari haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Talablar:

Bu grantlar o’qishga qabul qilingan talabalar uchun berilgani sababli, o’qishga kirish uchun qo’yilgan talablar haqida ma’lumot beramiz.

Edge Hill Universitydagi turli kurslarga qabul uchun ingliz tilini bilish darajasiga qo’yilgan talablar:

  1. Foundation kurslari uchun – IELTS kamida 5.0 (barcha qismlardan ballar 4 dan yuqori bo’lishi kerak bo’lishi shart. Bu kurslarga TOEFL testi natijalari qabul qilinmaydi.
  2. Pre-masters kurslari uchun – IELTS kamida 5.5, TOEFL kamida 70 talab qilinadi.
  3. Bakalavr kurslari uchun – IELTS kamida 6.0, TOEFL kamida 80 bo’lishi zarur.
  4. Magistratura kurslari uchun – IELTS kamida 6.5, TOEFL kamida 90 bo’lishi kerak.
  5. Doktorantura kurslari uchun – IELTS kamida 7.0, TOEFL kamida 100 bo’lishi talab etiladi. Batafsil

Turli kurslarga qabul uchun qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot uchun bu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Yuqoridagi grantlarga Edge Hill University’ga o’qishga ariza topshirgan barcha nomzodlar avtomatik ravishda nomzodlikka qo’yiladi va o’qishga qabul qilingan talabalarga ular munosib bo’lgan grantlar ham avtomatik tarzda belgilanib, o’qishga kirganlik haqidagi e’lon bilan birga xabar qilinadi. Shuning uchun grantlar uchun alohida ariza berish shart emas, EHU’ga o’qishga kirib olish haqida bosh qotirish zarur. Dedlayn muddatlari tanlangan bosqichga qarab farq qiladi, shu sababli, muhlatni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan aniqlang.

Yuqorida ko’rsatilgan talablar bilan tanishib chiqib, sizni qiziqtirgan kurs talablariga mos ekanligingizga ishonch hosil qilgan bo’lsangiz, o’qishga hujjat topshirish uchun hujjatlarni yig’a boshlash kerak.

Turli kurslar uchun qabul jarayoni turlicha, shuning uchun batafsil ma’lumot bilan bu yerda yaxshilab tanishib chiqishingiz zarur.

Batafsil ma’lumot uchun EHU’ga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!