×

Einstein Fellowship: Albert Eynshteynning uyida 6 oylik tadqiqot; 10 000 yevro stipendiya va yo’l xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.06.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

6618 marta

Einstein Forum va Wittenstein Foundation tomonidan tashkillashtirilgan Einstein Fellowship tadqiqot rezidensiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar bo’yicha oliy ma’lumotga (kamida bakalavr diplomi) ega bo’lgan yosh olimlarga mo’ljallangan.

Dasturning o’ziga xosligi shundaki, unga shu vaqtgacha qilgan tadqiqot mavzusidan boshqa mavzu/yo’nalishda tadqiqot qilish istagidagi tadqiqotchilar qabul qilinadi. Dasturning bunday prinsipi taniqli olim Albert Eynshteyn hayot yo’lidan kelib chiqib belgilangan. Eynshteyn o’z sohasidan boshqa talaygina sohalarni o’rgangan va Eynshteyn nomiga tashkil etilgan tadqiqot dasturi ham aynan o’z sohasidan tashqarida o’zini sinayotgan yosh olimlardan arizalar qabul qiladi. Ariza bergan nomzodlar tadqiqot loyihasining sifati, o’ziga xosligi, amalga oshirish mumkinlik darajasi va nomzodning intellektual rivojiga hissa qo’shish darajasi asosida saralab olinadi.

Einstein Fellowship dasturiga qabul qilingan tadqiqotchilar Albert Eynshteynning Germaniyaning Brandenburg shahri, Caputh qishlog’ida joylashgan yozgi uyida 5-6 oy davomida tadqiqot olib borish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Dastur so’nggida tadqiqotchilar loyihalari (tadqiqotlari) natijalari haqida ma’ruza qiladi.

Tadqiqot 2025-yil yoz oylarida boshlanadi. Shu dasturga ilgari qabul qilingan tadqiqotchilar va ularning ishlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

35 yoshgacha bo’lgan tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tadqiqotchiga butun tadqiqot muddati uchun 10 000 yevro stipendiya beriladi va uning barcha yo’l xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod tabiiy, ijtimoiy yoki gumanitar fanlar boʻyicha oliy ma’lumotga (kamida bakalavrlik darajasiga ega) bo’lishi kerak.
  • Nomzodning yoshi 35 dan oshmagan bo’lish lozim.
  • Nomzod ingliz tilini bilishi zarur, tadqiqot ingliz tilida amalga oshiriladi. Lekin IELTS/TOEFL sertifikatlari topshirish shart emas, chunki hujjatlar ingliz tilida topshiriladi va nomzodning til bilish darajasi shunga asosan baholanadi.
  • O’z sohasi va avvalgi tadqiqotlaridan boshqa yo’nalishda tadqiqot loyihasi taklif qilishi, qabul qilinsa, shu mavzuda tadqiqot qilishi kerak.
  • Taklif etilgan tadqiqot loyihasi 5-6 oylik rezidensiya dasturi vaqtida nihoyasiga yetkazilishi mumkin. Loyiha kattaroq tadqiqot loyihasining boshlang’ich qismi bo’lishi ham mumkin, lekin Einstein Fellowship dasturi yakunigacha ma’lum natijalarga erishilishi kerak.
  • Dasturga nomzodlarning dissertatsiyalar yoki dissertatsiyaning bir qismi boʻlgan loyihalari qabul qilinmaydi. Loyiha nomzodning avvalgi dissertatsiya va tadqiqotidan mazmunan sezilarli darajada farq qilishi kerak. Shuningdek, loyihaning avvalgi dissertatsiya va tadqiqotdan mavzu hamda yoʻnalish boʻyicha farq qilishi ham tavsiya etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

2025-yilgi dastur uchun ariza topshirish uchun kerakli hujjatlarni fellowship@einsteinforum.de manziliga jo’natish lozim. Hujjat topshirishning oxirgi kuni2024-yil 1-iyun.

Kerakli hujjatlar:

  • CV
  • Ikki betli tadqiqot loyihasi taklifi (project proposal).
  • 2 ta tavsiyanoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy sahifasidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Murojaat uchun: einsteinforum@einsteinforum.de.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!