×

Ekologiya boʻyicha insholar tanlovi; 25 ta sovrin bor!


Grant

MUHLAT

02.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

3903 marta

BMTning UNEP tashkiloti va Samsung Engineering tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Tunza Eco-generation ijtimoiy tarmogʻi yoshlarni ekologiya va atrof-muhitning ifloslanishi muammolari boʻyicha oʻtkaziladigan The 12th Eco-generation Environmental Essay Competition: Beat Air Pollution insholar tanlovida ishtirok etish uchun taklif etmoqda.

Tanlovga 14 yoshdan katta maktab oʻquvchilari, ekologiya, huquq va geosiyosat boʻyicha tahsil olayotgan talabalar yoki shu sohada ishlayotgan 24 yoshgacha mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. Insholar havoning ifloslanishi va uning ta’siri hamda oqibatlari haqida yozilishi kerak.

Grant kimlar uchun?

14-24 yoshgacha boʻlgan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda gʻolib boʻlgan 25 ta ishtirokchi quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

  • UN Environment Prize. 1 nafar gʻolibga e-Certificate va Samsung Tab S.
  • Samsung Engineering Prize. 2 nafar gʻolibga e-Certificate va Samsung Tab A.
  • Eco-generation Prize. 3 nafar gʻolibga e-Certificate va & Samsung Galaxy Buds
  • Honorable Mentions. 20 nafar ishtirokchiga e-Certificate beriladi.

Talablar:

Arizalar 2019-yil 2-sentabrgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Ariza toʻldrirish uchun avval tizimda roʻyxatdan oʻtish lozim.
  2. Arizani: shu yerda toʻldirasiz.
  3. Arizaga 50 tacha soʻz hajmida motivatsion xat va esseni biriktirib, joʻnatish kerak.
  4. Gʻoliblar: shu yerda e’lon qilinadi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida toʻldirilgan boʻlishi shart. Tanlov boʻyicha savollar tugʻilganda quyidagi manzillarga murojaat qiling:

Natijalar noyabr oyida e’lon qilinadi.

Murojaat uchun:

Samsung Engineering ecogeneration@samsung.com

UNEP Tunza children.youth@unep.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!