×

Elite Editing Thesis Write-up Scholarship – magistratura va PhD tadqiqotchilarining ilmiy ish yozishlari uchun moddiy yordam dasturi


Grant

MUHLAT

30.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1833 marta

Avstraliyadagi Elite Editing tahririyat hizmati barcha magistratura va PhD tadqiqotchilarini Elite Editing Thesis Write-up Scholarship grant dasturiga ariza topshirishga taklif etmoqda. Dastur o’z oldiga talaba/tadqiqotchilarning ilmiy ish – tezis (thesis) yozishi uchun qulay sharoit yaratib berishni maqsad qilib qo’ygan. Dastur tomonidan har yili bir nafar nomzodga tezis yozish jarayonida boshqa qo’shimcha ishlarga chalg’imasdan ishni yakunlashi uchun 12 hafta davomida har ikki haftada stipendiya ajratiladi. Talaba/tadqiqotchi bu davr ichida ilmiy ishini yakuniga yetkazishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant ajratish talaba/tadqiqotchining boshqa biror dastur bo’yicha stipendiya olish yoki olmasligiga qarab quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Agar g’olib talaba/tadqiqotchi boshqa dastur bo’yicha stipendiya olmasa, unga 12 hafta davomida har ikki haftada 1 000 AUD (taxminan 718 AQSh dollari), umumiy 6 000 AUD (taxminan 4312 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ ajratiladi
  2. Agar g’olib talaba/tadqiqotchi boshqa dastur bo’yicha stipendiya olsa, unga 12 hafta davomida har ikki haftada 600 AUD (taxminan 432 AQSh dollari), umumiy 3 600 AUD (2587 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ ajratiladi.

Olinadigan mukofotlar soliqqa tortilmaydi.

Grantning manfaatli jihatlari haqida bu yerda batafsil bilib oling.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Nomzod dunyoning istalgan mamlakatidan bo’lishi mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q).
  2. Nomzod Avstraliya yoki Yangi Zellandiyaning biror oliygohida magistratura/PhD bosqichida kunduzgi (full time) tartibda tahsil olishi kerak.
  3. Sirtqi (part time) tartibda tahsil oluvchi talaba/tadqiqotchilar kunduzgi tartibda o’qishlariga to’sqinlik qiluvchi tig’iz ish tartibi yoki sog’liqlari bilan bo’lgan muammoni stipendiya hay’atiga ko’rsatib bera olsalargina dasturga ariza berishlari mumkin.
  4. Stipendiya beriladigan muddat (12 hafta) ichida g’olib boshqa hech qanday haq to’lanadigan ish bilan mashg’ul bo’lishi mumkin amas.
  5. Stipendiya beriladigan muddat (12 hafta) ichida g’olib to’liq stavkada, ya’ni haftasiga kamida 35 soat tezis yozish bilan band bo’lishi talab etiladi.
  6. Elite Editing tahririyati hodimlari yoki ularning oila a’zolari stipendiya dasturiga hujjat topshira olmaydilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun nomzod onlayn arizani to’ldirib boshqa talab qilingan hujjatlar bilan birga tahririyatga taqdim etishi zarur. Dasturda faqat onlayn arizalar qabul qilinadi. Hujjatlar har yili 1-yanvardan 30-iyunga qadar yuborilishi mumkin. Natijalar 31-iyul kuni e’lon qilinadi. G’olib ishtirokchi grantdan natija e’lon qilingan kundan boshlab 12 oy ichida xohlagan payti foydalanishi mumkin.

Talab etiladigan hujjatlar

  1. Onlayn ariza.
  2. Nomzodning shaxsiy ma’lumotlari
  3. O’qiyotgan oliygohi, bosqichi hamda qanday ilmiy ish (thesis) ustida ish olib borayotganligi haqidagi ma’lumotlar
  4. Tezisning qisqacha mazmuni
  5. Nomzodning ilmiy maslahatchisi (supervisor) tomonidan yozilgan tavsiyanoma (letter of support)
  6. CV
  7. Tezisning tugallangan biror bo’limidan nusxa

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant haqidagi to’liq ma’lumot bilan grant beruvchining rasmiy saytida yoki savol-javoblardan bilib olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +61 8 8120 0410

Email: info@eliteediting.com.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!