×

Embracing Our Differences: Havaskor va professional rassomlar uchun tanlov; mukofot – 1000 dollar!


Grant

MUHLAT

06.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1782 marta

Embracing Our Differences suratlar tanlovining navbatdagi – 2022-yilgi ko’rgazmasi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda yoshi, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar barcha tasviriy san’at ixlosmandlari qatnashishlari mumkin. Tanlovning bu yilgi soni “Enriching Lives through Diversity and Inclusion” mavzusiga bag’ishlangan. Tanlovda ishtirok etgan eng yaxshi 50 ta asar 2022-yilning 15 yanvar – 10 aprel kunlari AQSH, Florida shtatining Sarasota’s Bayfront Park bog’ida bo’lib o’tadigan ko’rgazmada namoyish etiladi.

Grant kimlar uchun?

Havaskor va professional rassomlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Rasmlar tanlovining mukofot jamg’armasi 3000 AQSh dollaridan iborat bo’lib, uch nominatsiya bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:

  • “Best-in-Show Adult” nominatsiyasi g’olibiga – 1000 AQSh dollari;
  • “Best-in-Show Student” nominatsiyasi g’olibiga – 1000 AQSh dollari;
  • “People’s Choice” nominatsiyasi g’olibiga – 1000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag’i.

Tanlovda qatnashish mutlaqo bepul.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  1. Nozod dunyoning istalgan mamlakatidan boʻlishi mumkin.
  2. Tanlovda havaskor va professional rassomlar, talabalar, o’quvchilar, shu sohaga qiziquvchi barcha ijodkorlar yoshi, irqi va millatidan qat’iy nazar ishtirok etishlari mumkin.
  3. Nomzodlar oʻz ishlarini belgilangan talablar asosida onlayn yoki pochta orqali taqdim etishlari mumkin.
  4. Rasmlar tanlov mavusiga oid boʻlishi maqsadga muvofiq.
  5. Tanlovga veb-sayt orqali ariza berish uchun nomzod 13 yosh va undan katta bo’lishi kerak.
  6. 13 yoshga to’lmagan ishtirokchilar suratlarini pochta orqali yuborishlari mumkin.
  7. Yosh ijodkorlar nomidan ularning o’qituvchilari ham ariza berishlari mumkin. Batafsil

Rasmlarga qo’yilgan talablar:

  1. Surat original (boshqa asardan nusxa olinmagan) va tanlovning shu yilgi mavzusiga oid bo’lishi maqsadga muvofiq (boshqa mavzulardagi suratlar ham topshirilishi mumkin).
  2. Hajmi: 16 fut kenglikda va 12,5 fut balandlikda.
  3. Formati: JPG, JPEG, TIFF, PDF yoki EPS.
  4. Tasvir aniqligi: 300 DPI va undan baland.
  5. Gorizontal holatda (ya’ni eni bo’yidan uzunroq).
  6. Ijodkorning asar, uning yaratilishi va mazmuni haqidagi fikrlari tasvirlangan “Artist’s Statement” – 200 so’zdan iborat.
  7. Nomlanishi: suratning nomi_rassomning ismi-sharifi

Batafsil ma’lumot: shu yerda

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzod ijodiy ishining elektron nusxasini 2021-yil 6-oktyabrgacha onlayn ariza yoki quyidagi manzilga pochta orqali yuborishi zarur:

Embracing Our Differences
PO Box 2559
Sarasota, FL 34230-2559 USA
941-404-5710

O’quvchisi nomidan ariza berayotgan vakillar shu yerdagi havoladan foydalanishlari mumkin.

Tanlovga taqdim etilgan suratlar qaytarilmaydi. Shu sababli ariza berishda suratlarning asl nusxasi talab etilmaydi.

Talabga javob bermaydigan format yoki kattalikdagi rasmlar qabul qilinmaydi. Rasmga qoʻyilgan talablar va shablonlarni bu yerdan topasiz. Tanlov shartlari: shu yerda. Oldingi tanlovlar g’oliblari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: 941-404-5710

E-mail: Info@EmbracingOurDifferences.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!