×

Emerging Global Leader Scholarship: AQShda bakalavr kursi uchun to’liq grant – qabul uchun ACT yoki SAT talab etilmaydi!


Grant

MUHLAT

15.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3768 marta

AQShda joylashgan American University tomonidan taqdim etiladigan The AU Emerging Global Leader Scholarship grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet bakalavr kurslariga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun ajratilgan. Universitetda o’qitiladigan bakalavr kurslari haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

AU Emerging Global Leader Scholarship dasturi doirasida faqat 1 ta talabaga grant beriladi. Grant berilgan talabaning universitetga to’lashi kerak bo’lgan barcha xarajatlari qoplanadi, ya’ni:

  • Talaba 4 yil davomida o’qish to’lovidan butunlay ozod etiladi;
  • Talabaning yotoqxona va oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi.

Talablar:

  • Nomzod maktabni (kollej, litsey) 2019-yil yoki undan keyin tamomlagan bo’lishi kerak. Maktabni 2019-yildan oldin tamomlagan nomzodlarga grant berilmaydi.
  • Nomzodning baholari yuqori bo’lishi kerak. Grantlar eng a’lochi talabalarga beriladi. Grantni yutib olish uchun nomzodning o’rtacha bahosi 4 ballik GPA shkalasida 3.8 dan kam bo’lmasligi kerak, yoki nomzod eng a’lochi 10% bitiruvchilar safida bo’lishi zarur.
  • Grantlar turli to’siqlar va qiyinchiliklarga duch kelgan va ularni yengib o’ta olgan, yoki qiyin sharoitga qaramasdan o’zini ko’rsata olgan talabaga beriladi.
  • Grantlar yetakchilik sifatlari yuqori, ko’ngilli mehnat, ijtimoiy xizmatlar bilan shug’ullanadigan ijtimoiy faol nomzodga beriladi.
  • Grant faqat o’qish to’lovi, turar joy va oziq-ovqat xarajatlarini qoplaydi, ammo bu xarajatlardan tashqari talaba yo’l xarajatlari, o’quv qurollari, sug’urta kabilar uchun 4 000 AQSh dollari atrofida mablag’ sarf etishi kerak bo’ladi. Shuning uchun o’qishga qabul qilingan va grant berilgan talaba hisobida 4000 AQSh dollari yoki undan ko’p mablag’ mavjud ekanini isbot eta olishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 7.0 yoki TOEFL 95 ball sertifikatiga ega bo’lishi kerak. Yana qaysi test natijalari qabul qilinadi?

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun avval bakalavr kursiga, keyin magistratura kursiga ariza topshirish kerak. Ariza topshirishning so’nggi kuni 2020-yil 15-dekabr.

Bakalavr kursiga arizalar bu yerda topshiriladi.

Grantga ariza topshirish uchun ariza shaklini bu yerda to’ldiring.

Ma’lumot uchun intadm@american.edu elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!