×

Emile Boutmy Scholarships: magistratura kursini Fransiyada o’qish uchun yiliga 12 200 yevro grant!


Grant

MUHLAT

30.11.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

2777 marta

Emile Boutmy Scholarships Fransiyaning Nansi shahridagi Sciences Po  Universitetiga qabul qilingan, Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi davlatlardan tashrif buyurgan talabalarga iqtisodiy ko’mak berish uchun tashkil etilgan dasturdir. Grant doirasida Sciences Po universitetning 2022-yilda boshlanadigan 2 yillik magistratura kurslariga birinchi marta hujjat topshirgan, yuqori potensialli, iqtidorli va umidli yoshlarni moliyaviy qo’llab quvvatlash nazarda tutilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga magistratura kursi davomida (2 yillik) o’qish to’lovini to’lash uchun yiliga 12 200 yevro grant belgilanadi. Mablag’ o’qish to’lovidan chegirma sifatida taqdim etiladi.

Universitetning magistratura kursida o’qish to’lovi taxminan 18 000 yevroni tashkil etadi. Batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi / oʻqish boshlangunicha tamomlashi kerak.
  2. Nomzod Sciences Po oliygohi magistratura kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi / qabul qilinishi zarur.
  3. Nomzod universitetga birinchi marta hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod o’zida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
  5. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  6. Nomzod universitetga topshirgan arizasida mazkur grant dasturini asosiy tanlov sifatida ko’rsatishi kerak.
  7. Nomzod bir vaqtning o’zida boshqa stipendiya dasturlariga ariza topshirishi mumkin emas.
  8. Dasturga allaqachon oliygohda o’qiyotgan talabalar, PhD bosqichi talabalari yoki o’qishini shu universitetga ko’chirayotgan talabalar ariza topshira olmaydilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Emile Boutmy Scholarship dasturiga alohida hujjat topshirish talab qilinmaydi. Buning uchun nomzod Sciences Po universiteti magistratura kurslari uchun to’ldirilgan arizada shu grant dasturida qatnashishini ko’rsatib o’tishi yetarli bo’ladi. Hujjatlar 2021-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Universitetga arizalar bu yerda topshiriladi. Elektron pochta orqali yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi.

Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda tanishing.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  1. Ariza. Universitetga faqat onlayn arizalar qabul qilinadi.
  2. CV/Rezyume (ayrim yoʻnalishlar uchun talab etilmaydi).
  3. Yuqori sinif, akademik litsey yoki kollejning ohirgi 3 yillik baholari.
  4. 2 ta tavsiyanoma.
  5. Passport nusxasi.
  6. Diplom va baholar nusxasi (original nusxasi va ingliz/fransuz tiliga tarjimasi bilan).
  7. Tilni bilish haqidagi sertifikat. Odatda ingliz tili uchun IELTS 7.0 yoki TOEFL 100 talab etiladi. Biroq til talabi yoʻnalishga qarab farq qilishi mumkin.

Barcha hujjatlar ingliz yoki fransuz tilida bo’lishi, tarjima qilingan hujjatlarning notarial tasdiqlangan tarjimasi taqdim etilishi kerak. Hujjatlar tarkini yoʻnalishga qarab farq qilishi mumkin. Har bir yoʻnalish uchun kerakli hujjatlar roʻyxatini bilish uchun BU YERGA tashrif buyuring.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tel: +33 (0)1 45 49 50 50
Faks: +33 (0)1 42 22 31 26

E-mail: admissions@sciencespo.fr

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!