×

EMLex: bitta magistratura kursini Yevropa bo’ylab 3 davlatda o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

3438 marta

Nufuzli Erasmus Mundus dasturining EMLex – European Master in Lexicography (leksikografiya bo’yicha magistratura kursi) magistratura kursi va shu kurs uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar 1-martgacha qabul qilinmoqda. 

Magistratura kursi 4 semestr davom etadi. Bunda talaba kamida 2 ta davlat, ko’pi bilan 3 ta davlat yoki universitetda o’qiydi. Birinchi va to’rtinchi semestr bitta universitetda bo’ladi. Ikkinchi semestr talaba o’zi tanlagan, EMLex dasturiga a’zo ikkinchi davlatda bo’ladi. Uchinchi semestr uchun talabaning o’zi dasturga a’zo yana biror universitetni tanlashi mumkin. O’qish EMLex kursini tashkil qilish va o’qitish uchun shartnoma tuzgan universitetlarda bo’ladi. Quyidagi universitetlar dasturda ishtirok etadi:

  1. Friedrich-Alexander-Universität Erlangen-Nürnberg (Germaniya)
  2. Université de Lorraine, Nancy (Fransiya)
  3. Universidade de Santiago de Compostela (Ispaniya)
  4. Károli Gáspár Református Egyetem Budapest (Vengriya)
  5. Uniwersytet Śląski w Katowicach (Polsha)
  6. Universität Hildesheim (Germaniya)
  7. Universidade do Minho, Braga (Portugaliya)
  8. Stellenbosch University (Janubiy Afrika). (2021-22 o’quv yilida o’qishga kirgan talabalar 7 va 8- universitetlarda o’qiy olmaydi, chunki 2022-yil yozgi semestr Universodade do Minho’da bo’ladi).

Kursga 32 nafar talaba qabul qilinadi. Ulardan 15 nafariga to’liq grant ajratilgan. Grantlarning 75% qismi Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lmagan hamkor davlatlar uchun mo’ljallangan. Fanlar ingliz va nemis tillarida bo’ladi. Talabalardan bu tillarning ikkalasini ham bilish talab etiladi. 

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

EMLex magistratura kursining kontrakt to’lovi bir semestr uchun 4500 yevro. Magistratura kursi 4 semestr davom etadi.

Erasmus Mundus dasturi doirasida taqdim etiladigan grant esa talabani kontrakt to’lovidan ozod etib, har oy 1000 yevro stipendiya bilan ta’minlaydi. Undan tashqari, talabaga har yili yo’l xarajatlari uchun 3000 yevro, joylashish xarajatlari uchun 1000 yevro ajratiladi.

Talablar:

  • Nomzod komputatsion yoki amaliy lingvistika, tarjima, chet tillari, kommunikatsiya va media, kutubxonachilik, axborot texnologiyalari yoki shunga yaqin yo’nalishda bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim. 
  • Nomzod yuqori baholarga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz va nemis tillarini bilishi kerak. Ikkala tilda ham B1 yoki B2 darajasi talab etiladi. Nomzodning til bilish darajasi test natijalariga asosan baholanadi. Qabul qilinadigan test turlari haqida bu yerda o’qing. 
  • Saralash jarayonida nomzodning baholari, lingvistik tahlil qobiliyati, motivatsion xat, leksikografik va terminografik bilim va tajribasi hamda talab etilgan tillarni bilish darajasi asosiy mezonlar hisoblanadi. 

Dasturga qabul jarayoni:

EMLex dasturi va grantga 2021-yil 1-martgacha hujjat topshirish zarur. Hujjat topshirish uchun ariza shaklini to’ldirib, kerakli hujjatlar bilan bitta PDF hujjat sifatida emlex-erasmusmundus@fau.de manziliga yuborishingiz kerak. 

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza
  • Motivatsion insho
  • Diplom 
  • Baholar
  • Til sertifikatlari
  • Pasport nusxasi.

Hujjatlar 1-6 ketma-ketligida PDF shaklida saqlanishi, ingliz yoki nemis tilida bo’lishi (yoki rasmiy tarjimasi bo’lishi) kerak. PDF fayl hajmi juda katta bo’lib ketmasligi zarur. 

EMLex dasturiga grant asosida emas, kontrakt asosida hujjat topshirmoqchi bo’lsangiz, bu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing. 

Murojaat uchun: emlex-erasmusmundus@fau.de

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!