×

EMQAL Erasmus Mundus: Yevropada magistratura kursi uchun to’liq grant, 1000 yevro oylik stipendiya, boshqa xarajatlar uchun 4000 yevro yordam puli!


Grant

MUHLAT

12.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

3172 marta

Erasmus Mundus Master in Quality in Analytical Laboratories (EMQAL) magistratura kursi doirasida 10 yildan beri qo’shma magistratura kursi sifatida talabalarga ta’lim berib kelinadi. 2019-yilda bu kurs Yevropa Komissiyasi tomonidan Erasmus Mundus to’liq grantlari ajratiladigan dasturga ro’yxatiga kiritildi – ya’ni, EMQAL dasturida to’liq grant asosida o’qish mumkin.

EMQAL magistratura kursi tahlil laboratoriyalarida sifat tizimlarini yo’lga qo’yish yoki shunday tizimlar bilan ishlash niyatidagi laboratoriya boshqaruvchilari va olimlar uchun mo’ljallangan.

Ushbu magistratura kursiga qabul qilingan talabalar quyidagi uch ixtisoslikdan birini tanlashi va shu yo’nalishda diplom ishi yozishi mumkin:

  • Quality management
  • Analytical methods
  • Data analysis

Kurs Norvegiyaning Bergen universiteti, Portugaliyaning Algarve universiteti, Ispaniyaning Cadiz va Barselona universitetlari va Polshaning Gdansk universiteti o’rtasida tashkil qilingan. Talabalar ikki yillik magistratura birinchi yilini Barselona universitetida, ikkinchi yilini esa belgilangan 5 universitetdan o’zi tanlagan birida o’tkazadi. Dastur vaqtida 1 yil turli mutaxassislik fanlaridan darslar o’tiladi, ikkinchi kurs esa 3 oylik amaliyot va 9 oylik diplom ishi tadqiqotlaridan iborat bo’ladi. O’qish 2021-yil oktyabr oyida Ispaniyaning Barselona shahrida boshlanadi. O’qish tamom bo’lganda talabaga o’zi o’qigan universitetlarning har biri tomonidan bittadan, jami 2 ikkita diplom beriladi.

Eslatma: dasturning rasmiy veb saytining ba’zi qismlarida hujjat topshirish sanalari, boshqa muhim sanalar yoki boshqa tafsilotlar haqidagi ma’lumotlar to’liq yangilanmaganligi uchun ba’zi sanalar 2020-yilni ko’rsatishi mumkin. “Home” bo’limida 2021-yilgi sanalar aniq ko’rsatilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kontrakt to’lovi 24 oy uchun jami 18 000 yevroni tashkil qiladi. Kursda o’z hisobidan o’qish mumkin.

12-fevralgacha, grant uchun hujjat topshirgan nomzodlar ichidan eng iqtidorli va talablarga eng mos nomzodlarga to’liq grant beriladi. Grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Kontrakt to’lovi va universitetda o’qish uchun qilinadigan barcha to’lovlar to’liq qoplab beriladi.
  • Talabaga 24 oy davomida har oy 1000 yevro miqdorida stipendiya beriladi.
  • Bir davlatdan boshqasiga ko’chish uchun har yili 3000 yevro mablag’, shuningdek, joylashib olish xarajatlari uchun qo’shimcha 1000 yevro yordam puli beriladi.

Grantlarning kamida 40% qismi ayol nomzodlarga beriladi.

Talablar:

  • Nomzodlar bakalavr diploming mosligi va baholari, ingliz tilini bilish darajasi, motivatsiyasi, tajribasi va tavsiyanomalar asosida saralanadi.
  • Hujjat topshirish uchun nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak. Baholari qanchalik yuqori bo’lsa, shuncha yaxshi.
  • Nomzod ingliz tilini kamida B2 darajasida bilish kerak. IELTS 6,5, TOEFL TOEFL IBT 93 kabi test sertifikatlari talab qilinadi. Agar nomzod ingliz tili testi sertifikatiga ega bo’lmasa, arizaning ingliz tili darajasini baholash qismida til bilish darajasini ko’rsatishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturi uchun alohida ariza shart emas, magistratura kursiga belgilangan muddatgacha hujjat topshirish kifoya. Grant yutish istagidagi nomzodlar 2021-yil 12-fevralgacha ariza topshirishi kerak. 12-fevraldan keyin topshirilgan arizalar faqat kontrakt asosida o’z hisobidan o’qish uchun ko’rib chiqiladi. Arizani boshlash uchun bu yerga bosing.

Kerakli hujjatlar:

  • Personal statement (probel bilan qo’shib hisoblaganda 2500 belgigacha).
  • Motivatsiya xati (probel bilan qo’shib hisoblaganda 2500 belgigacha).
  • Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomani tavsiya beruvchi alohida yuboradi. Ariza to’ldirilganda tavsiya beruvchi shaxslarning ism-sharifi va email manzillari ko’rsatilsa yetarli.
  • Pasport nusxasi.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi.
  • Ingliz tili testi sertifikati.
  • Dastur va arizaga aloqador boshqa hujjatlar.

Hujjatlar ingliz tilida tayyorlanishi, rasmiy hujjatlar tarjimasi rasman tasdiqlangan holda topshirilishi kerak. Hujjatlarni PDF formatida topshiring. Qo’shimcha ma’lumot uchun “instructions for applicants” hujjati bilan tanishib chiqing.

Murojaat uchun: bjorn.grung@uib.no.

Erasmus Mundus toʻliq grantlaridan birini yutib olgan Oʻzbekistonlik talabaning motivatsiya inshosini BU YERDA oʻqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!