Angliyaning Birmingem shahrida joylashgan Aston University PhD bosqichi uchun PhD Studentship – HOPE: Automatic Detection of Seizure Onset Zone from EEG/MEG Signals in Children with MRE dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning Life and Health Sciences maktabida PhD dissertatsiyasi tadqiqotini olib borishni xohlagan talabalar uchun moʻljallangan. Dasturga nomzod a’lochi, ilmiy salohiyatli boʻlishi lozim. Grant uch yilga beriladi. Grant yutib olgan tadqiqotchi bolalardagi epilepsiya kasalligiga oid izlanishlarni amalga oshirish kerak.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga quyidahi imkoniyatlar beriladi:
- Uch yilga Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun kontrakt hajmdagi kontrakt pulini qisman qoplab beriladi.
- Uch yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 14,777 funt-sterling stipendiya ajratiladi.
Dastur kontrakt pulining faqat Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun toʻlash kerak boʻlgan qismini qoplaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan qismini chet ellik nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
- Nomzod universitetning Life and Health Sciences maktabida PhD kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Odatda baholar 2:1 boʻlishi talab qilinadi.
- Nomzod Aston universiteti talablariga mos boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 6,5 (barcha boʻlimlardan kamida 6,0) boʻlishi talab qilinadi.
- Nomzod mos keladigan soha bo`yicha bakalavr/magistr (Bachelor Hond., MSc/MRes) diplomiga ega boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning Life and Health Sciences PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi PhD kursiga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza topshirish shart emas. Dedlayn 31-maygacha.
Oʻqishga hujjat topshirish tartibi va talablari: shu yerda berilgan.
Savollar yuzasidan Dr Manousos Klados m.klados@aston.ac.uk ga murojaat qiling.
Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):
- Personal statement.
- Research proposal.
- Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1 boʻlishi lozim.
- 2 ta tavsiyanoma.
- CV/resume.
- Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin.
- Ish tajribangiz haqida ma’lumot.
- Pasport nusxasi.
- Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
- Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
Grantga hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing.
Nomzodlar grantga sohaga oid bilimlar, aʼlo baholari, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari va research proposal kabilar asosida saralanadilar.
Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: recruitment@aston.ac.uk