×

Buyuk Britaniya: Talabalar uchun yozgi maktab – tekin turar joy va haftasiga 200 funt sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

18.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4221 marta

Buyuk Britaniyada joylash John Innes Centre ilmiy tadqiqot markazi bakalavriatda tahsil olayotgan talabalardan yozgi tadqiqot maktabi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu yozgi maktab 2019-yilning 30-iyunidan 23-avgustigacha, ya’ni 8 hafta davom etadi. Bu davr mobaynida ishtirokchilar o’zlari tanlagan yo’nalish va loyiha yuzasidan imiy rahbar boshchiligida tadqiqot olib borishadi. Aytib o’tish joizki, tadqiqot markazidagi yozgi maktab uchun belgilangan loyihalarning deyarli barchasi kimyo, fizika, atrof-muhit, matematika va biologiya sohasiga oid. Tadqiqot loyihalari bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

Ushbu dastur uchun 8 nafargacha nomzod tanlab olishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozgi maktabda ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritganlar quyidagi imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • Tekin turar joy bilan ta’minlanadi. Bunda talabalar ikki kishilik xonalarga joylashtiriladi.
  • Kundalik xarajatlar uchun haftasiga 200 gunt sterling mablag’ ajratiladi.
  • Shuningdek, tadqiqot olib borishda kerak bo’ladigan moddalarni sotib olish uchun 500 funt sterling mablag’ ajratiladi.

Nomzodlar tibbiy sug’urtaga ketadigan va yuqorida ko’rsatilmagan boshqa barcha xarajatlarni o’zlari qoplashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Dunyoning istalgan mamlakatidagi bakalavr bosqichida o’qiyotgan talabalar ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin. Magistratura va undan yuqori bosqichda ta’lim olayotganlar ushbu dasturga qatnasha olmaydi.
  • Nomzodlar hujjat topshirayotgan vaqtida bakalavrlik bosqichining birinchi yoki oxirgi kursida o’qiyotgan bo’lmasligi kerak. Bunday talabalar dasturga qabul qilinmaydi.
  • Talabalarning quyidagi yo’nalishlardan birida tahsil olayotgan bo’lishi lozim:
    – Physical Sciences
    – Earth and Environmental Sciences
    – Chemical Sciences
    – Mathematics
    – Biological and Biomedical Sciences.
  • Tibbiyot yo’nalishida tahsil olayotgan talabalardan arizalar qabul qilinmaydi.
  • Nomzod o’zi tahsil olayotgan yo’nalishda PhD bosqichida ham o’qishni rejalashtirayotgan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Nomzodlar onlayn arizani to’ldirishda, shaxsiy savollarga javob berish bilan bir qatorda, CV, Personal Statement (shaxsiy izoh) va bir nafar tavsifnoma beruvchi o’qituvchi/ilmiy xodim kontaktlarini ham taqdim qilishi kerak. Tavsifnoma beruvchi shaxsga email orqali tavsifnoma berish uchun taklif yuboriladi. Onlayn arizalar 2019-yilning 18-yanvaridan kechikmagan holda topshirilishi lozim. Tavsifnoma esa, tavsifnoma beruvchi shax tomonidan email orqali 2019-yilning 25-yanvaridan kechikmay topshirilishi kerak.

Arizani to’ldirishni boshlashdan oldin Dastur qoidalari bilan batafsil tanishib chiqish tavsiya etiladi. Ushbu qoidalar bilan tanishish uchun SHU YERGA kiring va «Conditions of Award» tugmasini bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!