×

Entrance Scholarship Scheme: Dunyoning 53-raqamli universitetida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

16.01.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

5485 marta

Gonkongda joylashgan City University of Hong Kong oliygohi 2023-yilning kuzida boshlanadigan bakalavrlik dasturlari uchun Entrance Scholarship Scheme dasturi boʻyicha bir qancha grantlarni taklif etadi. Ushbu grant universitetdagi istalgan bakalavriat kursi uchun taqdim etiladi.

Maʼlumot uchun, City University of Hong Kong oliygohi dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, universitet, 2022-yil oktabr oyi holariga koʻra, dunyoning eng kuchli oliygohlari roʻyxatida 54-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Talabalarga Entrance Scholarship Scheme dasturi boʻyicha quyidagi grantlardan biri taqdim etilishi mumkin:

  • Top Scholarship – 180 000 Gonkong dollari (taxminan 23 500 AQSH dollari); bu kontrakt summasi (tuition fee), yotoqxona va yashash xarajatlarni toʻliq qoplaydi.
  • Full Tuition Scholarship – taxminan 18 500 AQSH dollari; bu kontrakt summasini toʻliq qoplaydi.
  • Half Tuition Scholarship – taxminan 9250 AQSh dollari; bu kontrakt summasining yarmini qoplaydi.

Grantni qoʻlga kiritgan talabalar grant keyingi yillarda ham davom etishi uchun har yili oʻqishni kamida GPA 3.4 koʻrsatkich bilan yakunlashi kerak.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  • Kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 79 yoxud shu darajaga teng xalqaro til sertfikatiga ega boʻlish kerak.
  • Nomzod 12 yillik taʼlimni (boshlangʻich va oʻrta/oʻrta-maxsus taʼlim) bitirgan boʻlishi / oʻqish boshlangunicha bitirishi kerak.

Shuningdek, bakalavriat kurslarida har bir yoʻnalishning oʻz talablari mavjud. Ular bilan kerakli bakalavriat kursini tanlash orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Yuqoridagi grantlarga alohida ariza topshirilmaydi. Bakalavriat kurslariga topshirgan barcha nomzodlar grantga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi va eng munosiblariga grant ajratiladi. Hozirda arizalar qabul qilinmoqda.

Bakalavriat kurslariga qabul uchun 2 ta muddat belgilangan:

  • Erta qabul: 2022-yil 15-noyabrgacha
  • Odatiy qabul: 2023-yil 16-yanvargacha

Universitetga hujjat topshirish jarayoni, kerakli hujjatlar va qabul bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar bilan BU YERDA tanishing.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!