×

“EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition” fototanlovida qatnashib, 500 dollargacha mukofot yutib oling!


Grant

MUHLAT

26.04.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

8429 marta

Birgina surat ming so‘zga teng, degan naqlni eshitganmiz. Yer sayyorasining go‘zalligi, iqlim o‘zgarishi, tabiat va unga inson faoliyatining ijobiy hamda salbiy tasiri haqida ommaga eng ta’sirli ma’lumotlarni yetkazishda fotosuratlardan ko‘ra qulay manba yo‘q. Ayni shu sababli  har yili butun dunyo bo‘ylab  EO Global Wildlife & Natural World Photography Competition fotosuratlar tanlovi o‘tkaziladi va  tanlovning 2024-yilgi mavsumi uchun arizalar qabul qilish boshlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, 2022-yilda tanlovga 60 dan ortiq davlatdan 500 nafardan ko‘p iqtidorli suratkashlar ishtirok etishdi. Tanlovda g‘olib bo‘lgan suratlar bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Tanlovda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha suratlar qabul qilinadi:

  • WILDLIFE IN PERIL (xavf ostida qolgan yovvoyi tabiat) – iqlim oʻzgarishi va inson faoliyati natijasida kelib chiqqan biologik xilma-xillik va yovvoyi tabiatning kurashi, qiyinchiliklarini aks etgan suratlar topshirilishi kerak. Masalan: azob chekayotgan, tuzoqqa tushgan yoki yoʻqolib ketish xavfi ostidagi hayvonlar suratlari.
  • CLIMATE ACTION (Iqlim harakati) – ekologik protestkar (yoshlar yoki aholi vakillari), amaldagi iqlim yechimlari yoki iqlim oʻzgarishi boʻyicha harakatlarning (qayta tiklanadigan energiya, barqarorlik, plyajlarni tozalash va boshqalar) suratlari taqdim etilishi kerak.
  • Overall winner (Umumiy gʻolib) – yuqoridagi 2 ta yoʻnalishdan eng yaxshi 6 ta surat umumiy gʻolib deb topilishi mumkin.

 Eslatma: uy hayvonlari, sahnalashtirilgan kadrlar yoki mavzuga aloqasi bo‘lmagan chiroyli landshaftlar aks etgan suratlar qabul qilinmaydi.

Grant kimlar uchun?

Suratkashlikka qiziquvchi barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda g‘olib bo‘lganlar qanday rag‘batlantiriladi:

  • “Overall Best Environmental Photo” (Eng yaxshi ekologik fotosurat g‘olibi 2024) 500 AQSh dollari miqdorida mukofot bilan taqdirlanadi.
  • 2 ta toifa (“Wildlife in Peril 2024” va  “Climate Action 2024”) bo‘yicha har bir g‘olibga 250 AQSh dollari miqdorida mukofot puli taqdim etiladi.
  • G‘olibning fotosuratlari tanlovning Instagram, Twitter, Facebook sahifalarida va boshqa ko‘plab gazeta va maqolalar, axborot nashrlarida muqova tasviri sifatida e’lon qilinadi.

Talablar:

Tanlovning umumiy talab va shartlari quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarosi qatnashishi mumkin.
  • Ishtirokchilar har bir yo‘nalish bo‘yicha ko‘pi bilan 3 ta (jami 6 ta) fotosurat taqdim qilishlari mumkin.
  • Fotosuratlar jpg yoki png formatida, ko‘pi bilan 25 mb hajmda bo‘lishi lozim.
  • Fotosuratlar mualliflik huquqi bilan, suratchining o‘zi tomonidan taqdim etilishi lozim. Tanlovda qatnashish bilan ishtirokchi o‘z suratlaridan keyingi uch yil davomida ijtimoiy tarmoqlarda foydalanishga ruxsat bergan bo‘ladi.
  • Tanlovga yuboriladigan har bir surat qaysi yo‘nalishga tegishli bo‘lsa, o‘sha nom bilan yuklash shart. (Masalan, best_overall_image_1  yoki wildllife_in_peril_image_1 va hokazo). Yo‘nalish nomi bilan yuborilmagan suratlar ko‘rib chiqilmaydi.

Tanlov shartlari va qo‘yilgan talablar bilan bu yerda (Entry Terms and Conditions) batafsil tanishib chiqishingiz lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga suratlar 2024-yil 24-aprelgacha qabul qilinadi. Tanlovda qatnashish tartibida quyidagicha:

  • Tanlov shartlari bilan (Entry Terms and Conditions) batafsil tanishib chiqqach, bu yerga (Submit Your Entry) kirib, ariza shaklini to‘ldirishingiz, shartlarga rozilik bildirgan holda, o‘z suratlaringizni yuborishingiz mumkin bo‘ladi.
  • G‘oliblar qabul tugagandan so‘ng bir oy o‘tib, 2024-yil 21-iyunga qadar veb-sahifada va g‘olibning pochtasiga xabar yo‘llash orqali e’lon qilinadi.
  • G‘oliblar 10 kun ichida xabarni qabul qilishlari va javob yo‘llashlari lozim. Aks holda, 10 kundan so‘ng g‘oliblik bekor qilinishi va boshqa nomzod g‘oliblikka tanlanishi mumkin. Shu sababli rasmiy sahifa va ijtimoiy tarmoqlarda tanlov jarayonini muntazam kuzatib borish tavsiya qilinadi.

MUHIM: ariza to‘ldirishdan oldin rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!