×

Erasmus Mundus EMLex: Leksikografiya boʻyicha magistratura kursida oʻqish uchun toʻliq grant; joy – 15 ta!


Grant

MUHLAT

01.03.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

7305 marta

Erasmus Mundus qo’shma kurslar dasturining navbatdagi Erasmus Mundus EMLex magistratura kursiga va shu kurs uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur leksikografiya yo’nalishida bo’lib, kurs Yevropadagi 8 nafar nufuzli universitet tomonidan birgalikda tashkil etilgan.

Erasmus Mundus EMLex Leksikografiya magistratura kursi 2 yil davom etadi va uning birinchi va oxirgi semestrlari nomzod asosiy mezbon universitet sifatida tanlagan oliygohda o’qitiladi, qolgan semestrlar esa dasturga hamkorlik qilayotgan boshqa universitetlarda o’tadi. Erasmus Mundus qo’shma dasturlari hozirda eng sara grantlardan biri hisoblanadi – sababi, birinchidan, dastur uchun to’liq grantlar mavjud. Ikkinchidan esa kursning kontrakt to’lovi ham uncha qimmat emas, dastur davomida esa talaba turli nufuzli oliygohlarda o’qish va keng qamrovli ta’lim olish imkoniga ega bo’ladi.

Grant ajratish quyidagi 2 kategoriya asosida amalga oshiriladi:

  • Dastur davlatlaridan (program countries) boʻlgan fuqarolar uchun grant. Bunday davlatlarga Yevropa Ittifoqi tarkibidagi 27 ta davlat hamda Birlashgan Qirollik, Makedoniya, Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Turkiya va Serbiya kiradi.
  • Hamkor davlatlardan (partner countries) boʻlgan fuqarolar uchun grnt. Bunday davlatlarga yuqorida sanalgan davlatlardan boshqa barcha mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham kiradi.

EMLex kursi uchun 15 nafar talabaga Erasmus Mundus granti ajratiladi. Bundan taxminan 3-4 tasi dastur davlatlaridan boʻlgan fuqarolarga, qolgan grantlar esa hamkor davlatlardan boʻlgan fuqarolarga taqdim etiladi.

Bu yil qabul qilinganlar EMLex kursi quyidagi universitetlarning 3 tasida oʻqiladi (buni talabaning oʻzi tanlaydi):

  • Friedrich-Alexander-Universität Erlangen-Nürnberg (FAU) (Germaniya)
  • Uniwersytet Śląski w Katowicach (Polsha)
  • Université de Lorraine (Fransiya)
  • Universidade do Minho (Portugaliya)
  • Universita degli Studi Roma Tre (Italiya)
  • Universidade de Santiago de Compostela (Ispaniya)

Oʻqish 2022-2023-oʻquv yilining qishki semestridan boshlanadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan oʻzbekistonlik talabalarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Toʻliq kurs uchun kontrakt toʻlovi qoplab beriladi.
  2. Kurs tugaguncha (24 oy) 1000 yevro oylik stipendiya beriladi.
  3. Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevro mablagʻ ajratiladi.
  4. Dastur boshlanishida joylashib olish xarajatlari uchun bir marta 1000 yevro beriladi.
  5. Tibbiy sugʻurta, kutubxona xarajatlari, maʼmuriy toʻlovlar, madaniy tadbirlar xarajatlari toʻliq qoplanadi.

Maʼlumot uchun: Ushbu dasturga grant asosida emas, kontraktni oʻz yonidan toʻlab oʻqish uchun ham ariza topshirish mumkin. Hozirda EMLex magistrlik kursida oʻqish uchun 1 yillik kontrakt toʻlovi quyidagicha:

  • Dastur davlatlaridan (program countries) boʻlgan fuqarolar 2250 yevro.
  • Hamkor davlatlardan (partner countries), jumladan, Oʻzbekistondan boʻlgan fuqarolar uchun 4500 yevro.

Talablar:

EMLex kursiga qabul va grant uchun qo’yilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod lingvistika (kompyuter / malaiy lingvistika), (xorijiy) tillar, tarjimonlik, kommunikatsiya/mediya, kitobshunoslik yoki kutubxona va informatika kabi yo’nalishlarda bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlishi yoki shu yoʻnalishlardan birida oxirgi bosqich talabasi boʻlishi kerak (oxirgi kurs talabalari oʻqish boshlangunicha bakalavrlik diplomini qoʻlga kiritishi va taqdim qilishi kerak). Yuqoridagi yoʻnalishlarga aloqadaro boshqa yoʻnalishda bakalavrlik darajasiga ega boʻlganlar / oxirgi bosqichda oʻqiyotganlarning arizasini qabul qilish masalasini qabul komissiyasi hal qiladi.
  2. Kurs mashg’ulotlari ingliz va nemis tilida bo’ladi va nomzod shu tillarni yetarli darajada bilishi kerak. Nomzod yo ingliz, yo nemis tilini kamida B2 darajada bilishi va buni xalqaro til sertifikatlaridan birini topshirish orqali tasdiqlashi lozim. 2-tilni esa kamida B1 darajada bilish talab etiladi (bu ham sertifikat bilan tasdiqlanishi kerak). Qanday til sertifikatlari qabul qilinishi haqida BU YERDA bilib olishingiz mumkin (Language requirements).

Nomzodlarni saralash 2 bosqichda amalga oshiriladi. 1-saralash bosqichida nomzodlar quyidagi mezonlar orqali saralanadi:

  • Ariza topshirish muhlatiga (dedlayn) amal qilganlik.
  • Arizaning toʻliqligi.
  • Zaruriy tillarni yetarli darajada bilishini isbotlovchi sertifikatlarga egalik.
  • Yuqorida sanalgan yoʻnalishlarda bakalavrlik darajasi (diplomi)ga egalik yoki bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotganlik va EMLex magistratura kursida oʻqish boshlanguniga qadar bakalavrlik diplomini taqdim eta olish imkoniyati.

2-saralash bosqichida nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • Bakalavriatdagi baholar va bakalavrlik darajasining sifati.
  • Motivatsiya xati.
  • Lingvistik tahlildagi salohiyati.
  • Leksikografik / terminografik bilimi va tajribasi.
  • Til bilish darajasi.

Saralashning oxirgi jarayoni sifatida nomzodlar video yoki telefon interyuga taklif qilinishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

EMLex kursida toʻlov-shartnoma asosida oʻqimoqchi boʻlganlar uchun 2022-yil 15-aprelga qadar qabul qilinadi. Agar nomzod grant yutib olishni xohlasa, 2022-yil 1-martgacha hujjat topshirishi zarur.

Grantga ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Ariza shaklini kompyuterda toʻldirib, qoʻlda (ruchkada) imzolash kerak. Ariza shaklini bu yerdan yuklab oling (application form).
  2. Quyidagi hujjatlar bitta PDF faylga birlashtiriladi:
    (a) 1-bandda aytilgan ariza shakli (toʻldirilgan va imzolangan holda).
    (b) Motivatsiya xati (maksimal 2 bet, ingliz yoki nemis tilida yozilishi kerak). Motivatsiya xatida quyidagi savollarga javob berilishi kerak:
    – Explain the reasons why you wish to study the EMLex Master Programme, express your expectations and your own contribution. In addition, you should state what you plan to do with the EMLex master degree.
    – Report your experiences with scientific or practical lexicography that you have already made and why you have an interest in lexicography.
    – Explain your choice of the preferred home university (while your preferences* will be taken into account as far as possible, the final decision will be made so as to best fit your study needs).
    – Answer the following question: Which lexicographic project would you like to realize in your home country if you had the chance to do so?
    (c) Bakalavrlik diplomi. Oxirgi kursda oʻqiyotganlar buni topshirmaydi.
    (d) Bakalavriatda olingan baholar.
    (e) Til sertifikatlari.
    (f) Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) nusxasi).
  3. Soʻng bitta PDF faylga birlashtirilgan yuqoridagi hujjatlarni emlex-erasmusmundus@fau.de elektron manziliga yuborish kerak. hujjatlarni yuborishda quyidagilarni yodda tuting:
    – Fayl nomi “EMLex application + your name”  shaklida nomlanishi kerak. Masalan, “EMLex application Eshmat Toshmatov”.
    – Fayl hajmi 10 MB dan ortiq boʻlmasligi kerak. Agar oshib ketsa, siqilgan shaklga (zip formatga) oʻtkazib, keyin yuborish kerak.
    – PDF fayldagi hujjatlarning ketma-ketligi xuddi 2-bandda koʻrsatilgan tartibda boʻlishi lozim.
    – Hujjatlar ingliz yoki nemis tilida boʻlishi yoki shu tillardan biriga qilingan tarjimasi bilan birga yuborilishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz yoki emlex-erasmusmundus@fau.de elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!