×

Erasmus Mundus EPS – Yevropaning bir nechta davlatlarida magistraturani oʻqish to’liq grant, oylik 1000 yevro stipendiya va safar xarajatlari uchun mablagʻ!


Grant

MUHLAT

29.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

16797 marta

Nufuzli Erasmus Mundus qo’shma magistratura kurslaridan biri – European Politics and Society – Václav Havel Joint Master Programme (EPS) kursiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur Yevropa siyosati, zamonaviy tarixi va madaniyati, iqtisodi, xalqaro aloqalari va siyosat ishlab chiqilishi usullarini o’qitishga ixtisoslashgan. Ushbu magistratura kursi Yevropadagi migratsiya, xavfsizlik, populizm kabi masalalardagi muammolarni aniqlash va tahlil qilishga qaratilgan.

Dastur quyidagi universitetlar hamkorligida tashkil qilingan:

  1. Charles University in Prague (Chexiya)
  2. Jagellonian University in Krakow (Polsha)
  3. Leiden University (Gollandiya)
  4. Pompeu Fabra University in Barcelona (Ispaniya).

Qabul qilingan talabalar magistratura kursida 2 yil (4 semestr) davomida shu universitetlarning 2 yoki 3 tasida ta’lim oladi va hamkor tashkilotlarda amaliyot o’taydi. Birinchi semestr Chexiyada bo’ladi, ikkinchi semestr esa talaba tanlagan fanlarga qarab Norvegiya yoki Polshada bo’ladi. Uchinchi va to’rtinchi semestr talabaning tanloviga ko’ra Polsha, Chexiya, Gollandiya yoki Ispaniyada bo’ladi. O’qish davomida turli shahar va davlatlarga amaliyot va kurslar uchun sayohatlar bo’ladi. Kursning to’liq tuzilishi, o’tiladigan fanlar, qaysi semestr va universitetda qaysi fanlar o’tilishi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. O’qish nihoyasiga yetganida, talaba 4 semestr davomida qaysi universitetlarda o’qigan bo’lsa, shu universitetlar tomonidan qo’shma diplom beriladi.

2024-2025 oʻquv yilida boshlanadigan ushbu magistrlik dasturi uchun jami 20 nafar talabaga Erasmus Mundus toʻliq granti ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

EPS dasturi uchun kontrakt to’lovi bir semestr uchun 4 000 yevroni tashkil qiladi. Bu 2 yillik o’qish uchun 16 000 yevroni tashkil qiladi. Kontrakt asosida o’qish va kontraktda o’qiydiganlar uchun qo’shimcha moddiy yordam dasturlari haqida bu yerda o’qing.

Dastur uchun Erasmus Mundus grantini yutib olgan talabalarga to’liq grant beriladi. Grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. 16 000 yevro qiymatga ega o’qish to’lovi to’liq qoplanadi, talaba hech qanday to’lov qilmay o’qiydi.
  2. Talabaga 24 oy davomida har oy 1000 yevro stipendiya beriladi. Bu 24 oy davomida 24 000 yevroga teng bo’ladi.
  3. Yiliga 4000 yevrodan 6000 yevrogacha qo’shimcha mablag’ talabaning bir davlatdan boshqasiga ko’chishida moddiy jihatdan yordam uchun ajratiladi.
  4. Joylashib olishga ketadigan xarajatlar uchun qo’shimcha 1000 yevro ajratiladi (bir marta).
  5. Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

  • Nomzod bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi yoki shu o’quv yili tamomlashi kerak.
  • Nomzodning baholari qancha yuqori bo’lsa, shuncha yaxshi.
  • Kurs ingliz tilida o’qitiladi. Qabul uchun nomzoddan kamida C1, CAE, IELTS 7,0 yoki TOEFL IBT 95 sertifikati talab qilinadi. Ingliz tilidan boshqa tillarni ham bilish nomdozlarni saralashda qoʻshimcha ball beriladi.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy qilib berilgan. Talablar bilan batafsil tanishish va saralashda qanday koʻrsatkichlar uchun qancha ball berilishi haqida BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

EPS dasturi uchun grantga alohida ariza berish shart emas. 2024-yil 29-fevralgacha EPS kursiga kelib tushgan arizalarning barchasi grant uchun ham ko’rib chiqiladi. 29-fevraldan keyin, 30-aprelgacha topshirilgan arizalar kontrakt asosida qabul uchun ko’rib chiqiladi. Arizani bu yerda boshlashingiz mumkin. Grantga berilgan arizalar uchun natijalar 30-aprelda e’lon qilinadi.

Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlarni tayyorlang:

  1. Bakalavr diplomi va ilovasi. Hali diplom olmagan bitiruvchi kurs talabalari talabalik haqida ma’lumotnoma hamda shu vaqtgacha olingan baholarni topshiradi.
  2. Kollej/litsey diplomi yoki maktab attestati.
  3. Pasport nusxasi.
  4. Yashash joyini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
  5. CV.
  6. Motivatsiya inshosi.
  7. Ikkita tavsiyanoma
  8. Ingliz tili testi sertifikati (C1, CAE, IELTS 7.0 yoki TOEFL IBT 95).
  9. “Supplementary questionnaire”.

Hujjatlarning barchasi ingliz tilida boʻlishi lozim. Ariza topshirishda 39 yevro (taxminan) ariza badali toʻlash kerak boʻladi.

Yuqoridagi hujjatlar, ularning taʼrifi va ariza topshirish jarayoni bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Savollar yuzasidan BU YERDAGI kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin. Koʻp beriladigan savollarga bu yerda javob topishingiz ham mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!