×

Erasmus Mundus InterMath: matematika bo’yicha magistratura kursini Yevropaning bir nechta davlatlarida o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

29.02.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

6186 marta

Nufuzli Erasmus Mundus qo’shma magistratura kurslaridan biri – Erasmus Mundus Joint Master Degree in Interdisciplinary Mathematics (InterMath) dasturiga va shu dastur uchun ajratilgan to’liq grantga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dasturga matematika fanlari va matematikaga chuqurlashtirib o’tilgan boshqa fanlar bo’yicha bakalavr diplomiga ega nomzodlardan arizalar qabul qilinadi. InterMath dasturi sanoat muhandisligi, bio-tibbiyot yo’nalishlari, iqtisod va ijtimoiy fanlar sohalarida faoliyat yurituvchi matematika mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan. Dastur quyidagi universitetlarda o’qitiladi:

  • University of L’Aquila (Italiya)
  • Vienna University of Technology (Avstriya)
  • Autonomous University of Barcelona (Kataloniya, Ispaniya)
  • Hamburg University of Technology (Germaniya)
  • University of Côte d’Azur (Fransiya)

O’qish 2 yil davomida, ingliz tilida bo’ladi. Birinchi semestr Italiyada o’qitiladi. Ikkinchi semestr talabaning tanloviga asosan Germaniya yoki Avstriyada bo’ladi. O’qishning ikkinchi yili yuqorida ko’rsatilgan universitetlardan birida butun yil davomida o’qitiladi. Har bir universitet ma’lum fan yoki ixtisoslikka bag’ishlanadi va talabaning qayerda o’qishi tanlagan yo’nalishiga bog’liq bo’ladi. Kurs tuzilishi haqida batafsil bu yerda tanishing. Talabalarga o’zlari o’qigan universitetlar tomonidan qo’shma diplom beriladi.

Hozirda 2023-yil sentabrda boshlanadigan oʻqish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Bu yilgi qabulda jami 21 nafar talaba grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Matematika fanlari bo’yicha magistratura kursida o’qishni xohlovchilar

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Erasmus Mundus toʻliq grantini qoʻlga kiritgan talabalar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalandi:

  1. Kontrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi.
  2. Oyiga 1000 yevro stipendiya beriladi.
  3. Safar xarajatlari uchun yiliga 3000 yevrogacha mablagʻ ajratiladi (Oʻzbekistonlik talabalarga yiliga 3000 yevroa).
  4. Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod matematika, amaliy matematika, fizika, muhandislik yoki shu kabi matematika chuqurlashtirilgan holda oʻtiladigan yoʻnalish boʻyicha bakalavr diplomiga (darajasiga) ega bo’lishi kerak. Hozirda bakalavriatning oxirgi bosqichida oʻqiyotgan talabalar ham atriza topshira oladi.
  • Nomzod kamida IELTS 6.0, TOEFL IBT 80, PTE Academic 56, C1 Advanced 169 yoki shunga teng xalqaro ingliz tili sertifikatiga ega bo’lishi kerak. Yuqorida sanalgan til sertifikatlari olinganiga 4 yildan oshmagan boʻlishi kerak.
  • Saralash jarayonida nomzodning diplomi, baholari, akademik tarixi uchun 100 dan 60 ball, ish tajribasi uchun 10 ball, ingliz tili darajasi uchun 10 ball, motivatsiya inshosi uchun 10 ball va tavsiyanomalari uchun 10 ball beriladi. Shu asosda eng yuqori ball to’plagan nomzodlarga grant beriladi yoki kontrakt asosida o’qishga qabul qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas. 2024-yil 29-fevralgacha InterMath kursiga ariza topshirsangiz, arizangiz to’liq grant uchun ham ko’rib chiqiladi. 2-martdan keyin topshirilgan arizalar kontrakt asosida o’qish uchun ko’rib chiqiladi. Ariza topshirishni boshlash uchun dastlab bu yerda roʻyxatdan oʻtib,  profil yaratish kerak.

Ariza topshirish ketma-ketligi BU YERDA batafsil tushuntirilgan.

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni ham yuklash kerak boʻladi:

  1. Fotosurat.
  2. CV.
  3. Pasport nusxasi.
  4. Ingliz tili testi sertifikati.
  5. Bakalavriatda olingan baholar.
  6. Ushbu magistrlik dasturiga aloqador deb hisoblagan, bakalavriatda oʻqigan fanlaringiz (ayniqsa, matematika va fizikaga oid fanlar tavsifi. Bu tasvsifni yozish uchun  USHBU SHAKLni yuklab olasiz va toʻldirasiz.
  7. Ikkita tavsiyanoma.
  8. Motivatsiya xati (bir betdan oshmasligi kerak).

Hujjatlarning roʻyxati va ularning taʼrifi bilan BU YERDA batafsil tanishing.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin dastur haqidagi rasmiy maʼlumotlar bilan abatafsil tanishib chiqing.

Agar savollaringiz bo’lsa, ko’p so’ralgan savollarga javoblar sahifasini (FAQ) ko’rib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!