×

Erasmus Mundus: Magistraturada oliy taʼlimda tadqiqot va innovatsiya sohasida oʻqish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

21.09.2026

QOLGAN VAQT

25 kun

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

486 marta

Oliy taʼlim sohasi tez surʼatlar bilan oʻzgarib bormoqda. Universitetlarga xalqaro faoliyatini kengaytirish, raqamlashtirish, ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish, global hamkorliklarni boshqarish, mehnat bozoridagi oʻzgarishlarga moslashish va jamiyat uchun ahamiyatini namoyish etish borasida tobora koʻproq talab qoʻyilmoqda. MARIHE Erasmus Mundus 2027 magistratura stipendiyasi aynan shu oʻzgarishlar sohasiga yoʻnaltirilgan. Ushbu Oliy taʼlimda tadqiqot va innovatsiyalar boʻyicha magistratura (MARIHE) dasturi oliy taʼlim sohasining kelajakdagi yetakchilari va oʻzgarishlarni amalga oshiruvchilariga ixtisoslashgan yagona Erasmus Mundus qoʻshma magistratura dasturidir. Bu Yevropa va Osiyodagi akademik hamkorlarni birlashtirgan xalqaro konsorsium tomonidan amalga oshiriladigan, ikki yil davom etadigan, kunduzgi taʼlim shaklidagi 120 ECTS kreditli dasturdir.

Hozirda ushbu dasturga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturga qabul qilinganlar 2027-yilnig kuzidan oʻqishni boshlaydi.

Bu dasturga qabul qilingandan oʻqishni Dastlab Avstriyada boshlaydi, keyinchalik Yevropa va Osiyodagi boshqa hamkor universitetlarda muayyan vaqt davomida oʻqishi kerak boʻladi.

Darslar inglizz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi moddiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Oʻqish-kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
  • Oyiga 1400 yevroa stipendiya beriladi
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod bakalavrlik diplomiga ega boʻlishi kerak
  • Ingliz tilini yetarlicha bilish lozim (kamida IELTS 6,5 yoki shunga teng xalqaro til sertifikatlari talab etiladi)
  • Nomzod kuchli motivatsiya qiziqishga ega boʻlishi kerak
  • Ish tajribasi talab etilmaydi, lekin qabul jarayonida ish tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik berilishi mumkin

Talablar bilan BBU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2026-yil 21-sentbargacha qabul qilinadi. Arizani onlayn tarzda BU YERDA topshirish mumkin.

Qanday ariza topshirish mumkinligi, kerakli hujjatlar, muhim sanalar va boshqalar bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy saytdagi maʼlumotlar va savol-javoblar bilan toʻliq tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDA koʻrsatilgan kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Maqsud Salomov
Author: Maqsud Salomov