×

Eron: barcha xarajatlari qoplanadigan talabalar festivali!


Grant

MUHLAT

20.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Eron

O'QILGAN

5930 marta

Eronning Tehron va Isfahon shaharlarida 2018-yilning 21-30-noyabr kunlari o’tkazilayotgan HARKAT Xalqaro Talabalar Festivaliga arizalar qabul qilinmoqda. Festival dunyoning turli hududlari va turli oliygohlari talabalari va yosh mutaxassislarga bir-birlari bilan ko’rishish, tanishish va g’oyalar almashish imkonini yaratish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini rag’batlantirish maqsadida tashkillashtirilgan bo’lib, unda talabalar o’zlari bosh bo’lgan, ishtirok etayotgan yoki kelajakda amalga oshirish niyatidagi g’oyalari bilan yakka tartibda yoki guruh bo’lib ishtirok etishlari mumkin. Festival ikki qismdan iborat bo’lib, biri Eronning poytaxti – Tehron shahrida o’tadi. Bunda talabalar festivalning asosiy qismidan oldin bo’lib o’tadigan mashg’ulot va ma’ruzalarda ishtirok etishadi. Ikkinchi qism davlatning madaniy poytaxti hisoblangan Isfahon shahrida bo’ladi, bunda festival qatnashchilarining g’oya va loyihalari taqdimoti bo’lib o’tadi. Tehrondagi festival Eron Fan, Tadqiqot va Texnologiya vazirligida, ikkinchi qismi esa Isfahon shahridagi Isfahon Universitetida bo’lib o’tadi.

Festival davomida qatnashchilar ma’ruzalar, treninglar, guruh mashg’ulotlari, sport va madaniy mashg’ulotlar hamda shaharlarning tarixiy va chiroyli hududlariga sayohatlarda qatnashadilar.

Grant kimlar uchun?

Talabalar va o'qishni yaqinda bitirganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Talabalar festivalida uch xil tartibda ishtirok etish mumkin va ariza topshirayotganda shulardan birini tanlash kerak bo’ladi. Biri – festivalda o’z hisobidan qatnashish. Qolganlari esa grantlar.

  1. Bu turdagi grant qisman moliyalashtiriladi va o’z ichiga oziq-ovqat, turar-joy, qatnashish va ekskursiyani oladi.
  2. Ikkinchi turdagi grant esa to’liq grant bo’lib, u yuqoridagilardan tashqari, viza va Eronga borish-kelish xarajatlarini ham qoplab beriladi.

Undan tashqari, qatnashchilarga esdalik sovg’alar ham beriladi.

Talablar:

Festival barcha davlat va millat vakillari uchun ochiq. Nomzod biror oliygoh talabasi bo’lsa yoki o’qishni yaqinda tamomlagan 18-38 yoshdagi shaxs bo’lsa, shuning o’zi yetarli. Festivalda yakka tartibda yoki guruh sifatida ishtirok etish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Festivalda qatnashish uchun onlayn ariza topshirish kerak. Ariza topshirish jarayoni oson va qulay, qo’shimcha hujjatlar va shu kabi materiallar ham talab qilinmaydi. Barcha savollarga to’g’ri va to’liq javoblar yozsangiz bo’ldi. Ariza topshirish jarayonida o’z loyihangizni ta’riflashingiz kerak bo’ladi.

Agar festivalda guruh sifatida qatnashishni xohlasangiz, guruhga 3 tagacha a’zo olishingiz mumkin va guruhning barcha a’zolari alohida-alohida onlayn ariza topshirishlari kerak. Agar guruh loyihasi festivalga qabul qilinsa, guruhning barcha a’zolari festivalga borishlari mumkin bo’ladi.

Festivalga qanday loyihalar bilan qatnashish mumkin?

Festival talabalarning ijtimoiy faolligini shakllantirish va rag’batlantirishga e’tibor qaratadi, shuning uchun bu festivalga talabalar darajasidagi loyihalar topshirilishi kerak. Ya’ni, nomzod talabalar harakati, tashkiloti, markazi, klubi va shu kabi talabalarga oid biror loyiha ustida ishlayotgan yoki shunday loyihani amalga oshirib endilikda unda qatnashayotgan bo’lsa, shu g’oya bilan ishtirok etish mumkin. Bunda ariza topshirish jarayonida g’oyani batafsil tushuntirib berish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Ma’lumot uchun  Hamidian_a@ut.ac.ir elektron manziliga murojaat qilishingiz yok rasmiy saytdagi malumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!