×

ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

31.10.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

8429 marta

Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beruvchi ERP Study Scholarships dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Mazkur dasturga iqtisodiyot mutaxassisliklari va biznes boshqaruvi sohalarida kamida bakalavrlik diplomiga ega boʻlgan yoki diplomni 2024-yil iyul oyigacha qoʻlga kiritadigan nomzodlar topshirishi mumkin. Oʻqish 2024-yilning oktabr oyida boshlanadi.

Mazkur dastur orqali Germaniyadagi oliy taʼlim muassasalarida nemis yoki ingliz tilida oʻqitiladigan iqtisidiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistrlik dasturlarida tahsil olish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritgan talabalar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalanadi:

  • Oyiga 850 yevro stipendiya beriladi.
  • Oʻquv xarajatlari uchun yiliga 460 yevro mablagʻ ajratiladi.
  • Tibbiy sugʻurta, halokat va shaxsiy javobgarlikka qarshi sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • Safar xarajatlari qoplanadi.
  • DAAD saralash komissiyasi qaroriga koʻra, talaba oʻqish boshlanishidan oldin 2 oylik nemis tili maktabiga qatnashi mumkin (maktab xarajatlari qoplanadi).
  • Ariza asosida boshqa xarajatlar uchun ham mablagʻ ajratilishi mumkin.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Nomzod iqtisodiyot mutaxassisliklari va/yoki biznes boshqaruvi sohasida kamida bakalavrlik diplomiga ega boʻlishi kerak Oxirgi kurs talabalari ham hujjat topshira oladi, lekin ular 2024-yil iyul oyigacha diplomini taqdim etishi lozim.
  • Qoida tariqasida, nomzodning oliy taʼlim diplomini olganiga 6 yildan oshmagan boʻlisi kerak.
  • Nomzod ingliz yoki nemis tilini yetarli darajada bilishi lozim. Til talabi nomzodning tanlagan universiteti va yoʻnalishiga qarab farq qiladi. Odatda ingliz yoki nemis tilida B2/C1 daraja talab etiladi.
  • Ariza topshirish vaqtida Germaniyada 15 oydan ortiq yashayotgan nomzodlar ushbu grantga ariza topshira olmaydi.
  • Nomzod bir vaqtning oʻzida 3 ta Germaniya universitetga ham hujjat topshirishi lozim. Universitetdan qabul xati taqdim etilgangan keyingina grant kuchga kiradi.

Universitet va oʻquv dasturini tanlashda study-in-germany.de va myguide.de veb-saytlari yordam beradi. MUHIM: Tanlangan oʻquv dasturi doirasida Germaniyadan tashqarida majburiy 3 oydan ortiq oʻqish koʻzda tutilgan boʻlsa, bunday dastur moliyalashtirilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Mazur grantga arizalar 2023-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Nomzodlar bir vaqtning oʻzida Germaniya universitetlaridagi tegishli magistrlik dastur(lar)iga ham ariza topshirishi lozim. Nomzod 3 tag universitet (dastur)ga ariza topshirisi mumkin.

Grantga ariza topshirish va kerakli hujjatlar

  1. Online-ariza shakli www.funding-guide.de portali orqali toʻldiriladi. Ariza toʻldirish haqida BU YERDA toʻliqroq maʼlumot olishingiz mumkin (submitting an application).
  2. Xronologik uzluksiz koʻrinishga ega tarjimai hol (CV), rasm yopishtirilgan, sana va imzo quyilgan boʻlishi kerak. Nemis yoki ingliz tilida yoziladi, maksimal 3 bet.
  3. Motivatsiya xati imzo bilan: Germaniyada rejalashtirilgan oʻqish yuzasidan akademik va shaxsiy sabablar yoritiladi (1-2).
  4. Tanlangan oʻquv dasturlari toʻgʻrisida maʼlumot.
  5. Oliy maʼlumot haqidagi diplomning nusxasi, ilovasi bilan + ingliz yoki nemis tilidagi tarjimasi. Oxirgi bosqichda tahsil olayotgan talabalar uchun reyting daftarchasining nusxasi + ingliz yoki nemis tilidagi tarjimasi.
  6. Oʻrta maʼlumot haqidagi attestatning nusxasi, tarjima idorasida qilingan ingliz yoki nemis tilidagi tarjimasi bilan.
  7. Xalqaro til sertifikatlari: Agar oʻquv dasturlari nemis yoki ingliz tillarini bilishni tasdiqlashni talab qilsa, u holda ularning har biri boʻyicha xalqaro til sertifikatlarini ilova qilishingiz kerak (masalan, nemis tilin uchun: TestDaF, Gyote-Sertifikat C1 yoki ingliz tili uchun TOEFL, IELTS kamida talab etiladigan ballar bilan). Tanlovda ishtirok etish uchun sertifikatning nusxasi yetarli.
  8. Siz uchun muhim sanalgan boshqa hujjatlar (Amaliyotlar guvohnomalari, mehnat faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotnomalar).
  9. Maktab attestati (11 yillik) yoki litsey/kollej diplomi (barcha baholari bilan).

Yuqoridagi barcha hujjatlar portalga yuklanadi.

Professordan bitta dolzarb tavsiyanoma ham talab etiladi (tavsiyanoma professor tomonidan shaxsan imzolanishi kerak, skanerlangan yoki elektron imzo bilan berilgan tavsiyalar qabul qilinmaydi).

Murojaat

Ariza berish tartibi boʻyicha savol va maslahatlar yuzasidan Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!