×

ESD: Estoniyada davlat xizmatchilari va yosh diplomatlar uchun 9 oylik oʻquv dasturi uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Estoniya

O'QILGAN

1979 marta

Estoniya diplomatiya maktabi (ESD) har yili Estoniya tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda yosh diplomatlar va davlat xizmatchilariga 9 oylik “International Relations and European Integration” oʻquv dasturida qatnashish uchun grantlar taklif etadi. Oʻquv dasturi Tallin shahridagi Estoniya diplomatiya maktabida boʻlib oʻtadi hamda sentabrda boshlanib, keyingi yil may oyida tugaydi.

Grant kimlar uchun?

Davlat xizmatchilari va yosh diplomatlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Mazkur grantni qoʻlga kiritgan nomzodlar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • Taʼlim haqi toʻliq toʻlab beriladi.
  • Oylik 450 yevro stipendiya beriladi.
  • Tallinda turar joy bilan taʼminlanadi (internet va kommunal xizmat haqlari ham qoplanadi).
  • Oʻqish davomida Estoiyada salomatlik sugʻurtasi bilan taʼminlanadi.
  • Shengen vizasini olish bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi.

Dastur Estoniyaga borish va qaytish xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • ODA roʻyxatiga kiruvchi davlatlardan birining fuqarosi boʻlish kerak (Oʻzbekiston roʻyxatda bor).
  • Kamida bakalavrlik diplomiga ega boʻlish kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim (yozma, ogʻzaki, oʻqish).
  • Davlatida xorijiy yoki davlat xizmatlarida kamida 1 yildan beri ishlayotgan boʻlishi kerak.
  • Xalqaro aloqalar va unga aloqador fanlarni oʻrganishga ishtiyoqi baland boʻlishi kerak. Karyerasini oʻz davlatida diplomatik yoki davlat xizmati sohasida davom ettirishni rejalashtirayotganlarga ustunlik beriladi.
  • Mehnatkash, kirishimli va turli madaniyatli oʻquv muhitiga tayyor boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yilning 31-mayiga qadar topshirilishi lozim. Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi.

Ariza topshirishda kerak boʻladigan hujjatlar quyidagilardan iborat:

  • Pasport rasmi oʻlchamidagi rasm biriktirilgan va toʻldirilgan ariza shakli.
  • Ingliz tilida CV.
  • Motivatsiya xati, 1 bet (300-400 soʻz). Bunda nomzod dasturga ariza topshirish sabablari, tegishli tajribasi va ESDda oʻqish uning kelajakdagi kasbiy rivojlanishiga qanday foyda berishini tushuntirishi kerak.
  • OTMda tugatgan eng oxirgi bosqich diplomi (agar diplom ingliz tilida boʻlmasa, diplomning norasmiy ingliz tilidagi tarjimasi ham qoʻshib yuboriladi).
  • OTMda tugatgan eng oxirgi bosqich baholari (agar baholar ingliz tilida boʻlmasa, ularning norasmiy ingliz tilidagi tarjimasi ham qoʻshib yuboriladi).
  • Pasport nusxasi.
  • Quyidagi mavzulardan bittasini tanlab, 4 betli (adabiyotlar roʻyxati bilan birga 1300-1500 soʻzli) akademik insho yoziladi:
    – Impact of Covid-19 to the future of Europe
    – China – a partner or a foe?
    – Multilateral reset in the US – dream or reality?
    – Is soft power a successful tool to tackle the climate crisis?
    – Digital diplomacy – interim measure or way forward?

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  • Yuqoridagi hujjatlar grant uchun onlayn ariza tizimiga yuklanadi. Barcha hujjatlar eng kechi bilan 2021-yil 31-maygacha topshirilishi lozim.
  • Qisqa roʻyxatga kiritilgan nomzodlar bilan Skype orqali intervyu qilinadi.
  • Natijalar 2021-yilning 18-iyunigacha email orqali xabar qilinadi.
  • Qabul qilinganlar 10-12-sentabrda Tallinga kelishi kerak boʻladi.

Savollar yuzasidan email orqali masʼul xodim Liina Linkka murojaat qilishingiz mumkin: liina.link@edk.edu.ee.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!