×

ESD Okayama Award: Tashkilotlar uchun taʼlim boʻyicha mahalliy loyihalar tanlovi; mukofot – 3000 dollar!


Grant

MUHLAT

31.05.2025

QOLGAN VAQT

24 kun

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

7173 marta

Yaponiyaning Okayama shahri va Okayama ESD mukofotining boshqaruv komiteti “ESD Okayama Award 2025” mukofotiga qabul boshlanganini eʼlon qildi. Mazkur mukofot barqaror rivojlanish uchun taʼlim (Education for Sustainable Development, ESD) sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini butun dunyoga namoyish qilish maqsadida mahalliy jamiyatlardagi eng yaxshi ESD amaliyotlari / loyihalariga beriladi.

Bunda tashkilotlar oʻzlarining ESD loyihalar / amaliyotlari haqidagi taqdimotni mukofot tashkilotchilariga yuborishi kerak boʻladi. Arizalar ingliz yoki yapon tilida topshirilishi mumkin.

Mukofot 2 tagacha loyihaga taqdim etiladi.

Oʻtgan yillardagi gʻoliblarning ishlari bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Tashkilotlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻolib deb topilgan loyihalarning har biriga 3000 AQSH dollari mukofot mablagʻi ajratiladi. Shuningdek, gʻolib tashkilotning 1 nafar vakili 2025-yil 25-oktabrdagi taqdirlash marosimiga taklif etiladi.

Talablar:

Mahalliy jamiyatlarda ESD faoliyatini yuritayotgan, ESD mashgʻulotlarini amalga oshirayotgan har qanday tashkilot mazkur mukofot uchun oʻz loyihasini taqdim etishi mumkin. Tashkilotning qaysi davlatda joylashgani ahamiyatsiz.

Rejalashtirish bosqichidagi loyihalar bu tanlovga qabul qilinmaydi.

Ushbu tanlovga taqdim etiladigan loyihalar hozirda davom etayotgan va loyihaning faoliyat yuritayotganiga 2025-yil aprel oyi holatiga koʻra kamida 2 yil boʻlgan boʻlishi kerak.

Bitta tashkilot faqat 1 ta loyiha topshirishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2025-yil 31-maygacha elektron pochta orqali qabul qilinadi.

Nomzodlar dastlab ariza topshirish qoʻllanmasi va ariza shakli qoralamasi bilan batafsil tanishib chiqib, barcha kerakli hujjat va maʼlumotlarni tayyorlashi lozim.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar/materiallar talab etiladi:

  • ESD Okayama Award 2025 ariza shakli, toʻldirilgan holda. Ariza shaklini roʻyxatdan oʻtilganida email orqali yuboriladi. Ariza ingliz yoki yapon tilida toʻldirilishi kerak.
  • Loyiha haqidagi video yoki slayd-shou. Loyiha haqida video yoki slayd-shou tayyorlanib, YouTube yoki Facebook tarmogʻida yuklanishi kerak. Bunda:
    – Video yoki slayd-shou 5 daqiqadan oshib ketmasligi kerak.
    – Video / slayd-shou elektron pochta orqali yuborilmasligi lozim. U Facebook yoki YouTube tarmogʻiga yuklanib, ariza shaklida video/slayd-shouga havola (link) beriladi.
  • Qoʻshimcha ixtiyoriy hujjatlar. Qoʻshimcha hujjatlarni topshirish majburiy emas. Lekin loyihangiz uchun foydali deb oʻylagan biror boshqa qoʻshimcha hujjatingiz boʻlsa, uni ham yuborishingiz mumkin. Qoʻshimcha hujjatlar A4 formatdagi varaqda 5 betdan oshib ketmasligi lozim.

Yuqoridagi hujjatlar/arizalar maxsus ariza topshirish platformasida topshiriladi. Dastlab vaqtinchalik registratsiya platformasida tashkilotingiz email manzilini roʻyxatdan oʻtkazing. Keyin shu email manziliga ariza shakli yuboriladi. Uni toʻldirib, platformaga yuklang.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin tanlovning rasmiy eʼloni va yoʻriqnomasi bilan batafsil tanishib chiqing.

Murojaat uchun kontaktlar:

Tel:+81-(0)86-803-1351

Fax:+81-(0)86-803-1777

E-mail:esdokayamaaward@city.okayama.lg.jp

Masʼul shaxs: umano (Ms.) and Hiruda (Ms.)

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!